KAFEDRA MUDIRI

SUVONOV XAYDAR UMAROVICH

  • Qabul vaqti: Seshanba, Juma, Shanba kunlari – 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 97 350 10 21
  • Elektron pochta: suvonov1957@mail.ru

Kafedra tarixi:

2018-yil 4 yanvarda Termiz davlat universiteti Denov filialida O`zbek tili va umumiy tilshunoslik kafedrasi tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17 apreldagi 4681 – sonli qaroriga asosan Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil qilindi. 2020-yil 21 oktyabrda rus tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil kafedra sifatida tashkil qilindi. 2021-yil 1 martdan buyon kafedra mudiri bo`lib Suvonov Xaydar Umarovich ishlab kelmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari 

            Kafedra mudiri rahbarligida 6 ta xalqaro va mintaqaviy ilmiy konferensiyalar o`tkazildi. Kafedra a`zolari muntazam ravishda turli xil ilmiy konferensiyalarda ishtirok etmoqdalar. Keyingi yillarda kafedra o`qituvchilari tomonidan 60 ta ilmiy ishlar, jumladan 3 ta o`quv qo`llanmasi, 2 ta monografiya, 3 ta elektron dasturlar, 1 ta o`quv metodik qo`llanma tayyorlandi va 90 dan ortiq maqolalar yetakchi mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilindi.

            Bugungi kunda kafedrada 26 nafar professor-o`qituvchilar, jumladan 1 nafar professor, filologiya fanlari doktori – Salimov R.D., Dushanbe shahridan taklif qilingan, 2 nafar dotsent – falsafa doktori (PhD) – Musurmankulova M.N. va Choriyev J.G`., 1 nafar katta o`qituvchi – filologiya fanlari nomzodi – Rasulov Z.X., 2 nafar katta o`qituvchi, 10 nafar o`qituvchi va 10 nafar assistent-o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda.

            Kafedra professor-o`qituvchilari turli ilmiy yo`nalishlarda ma`ruzalar o`qimoqdalar, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilmoqdalar va muntazam ravishda iqtidorli talabalar bilan ishlab, ularning ilmiy maqolalarini milliy va xalqaro to`plamlarda nashr qilmoqdalar.

Kafedra tomonidan Rossiya Federatsiyasining A.S.Pushkin nomli rus tili instituti, Adigey davlat universiteti, Altay davlat universiteti, Qozon davlat universiteti, Shadrinsk davlat universiteti, Rossiya-tojik slavyan universiteti va Qirg`izistonning Botken davlat universiteti bilan mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalari o`rnatilib, talabalarning akademik mobilligi, o`qituvchilarning stajirovka, malaka oshirishi va o`zaro tajriba almashinuvi muntazam yo`lga qo`yilgan. 

Kafedrada o`qitilayotgan o`quv fanlari:

Bakalavriat:

1.      60111700 – O`zga tilli guruhlarda rus tili

2.      5112500 –  O`zga tilli guruhlarda rus tili

Magistratura:

1.      70111501 – Ona tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda (rus tili) 

Язык