Davlat dasturi yoshlar nigohida
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida, Xalq deputatlari Denov tuman Kengashi deputati Xidirov Boburjon Tojimurodovich, guruh tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirokida “2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi Yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasidagi OTM faoliyatlari, talabalar hayoti va yoshlarga oid yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Qolaversa, yoshlarni chet tillari va zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha bir qator fikrlar bildirildi.
18