JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO'LIMI

HAQBERDIYEV MUHAMMADALI BOBONAZAROVICH

  • Qabul vaqti: Har kuni — 10:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 99 968 61 76

DTPI da jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Shaxsiy qabul, Sayyor qabul orqali soha yo‘nalishi bo‘yicha kelib tushayotgan barcha murojaatlarini belgilangan tartib ishlashni tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni, institut rahbariyati tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlarni, DTPI ga  kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayd etib borish, ularning belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash, nazoratga olish ishlarini bajaradi;  

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tasdiqlangan tahliliy jadvallar bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga va boshqa vakolatli idoralarga tegishli muddatlarda taqdim etib boradi;

        jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha yo‘llanayotgan javob xatlarini o‘z vaqtida va sifatini ta’minlash yuzasidan monitoring qilish, kelib tushayotgan murojaatlar bazasini tashkil etish va yuritishni nazorat qiladi;

        murojaatlar bilan ishlashda institutda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga qat’iy intizomiy jazo choralari ko‘rish haqida rahbariyatga taklif kiritib boradi;

Institut rektori va prorektorlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari masalalari bo‘yicha institut qabul ishlari hamda joylarda o‘tkaziladigan sayyor yig‘ilishlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

         bo‘lim ish rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida; 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 9 avgustdagi 5017-F-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etadi;

bo‘limining boshlig‘i o‘z faoliyatini Institut rektori tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejaga asosan amalga oshiradi va quyidagi vazifalarni hal etadi;

O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek rektor buyruqlarining fakultetlarda, kafedralarda, bo‘limlarda bajarilish nazoratini ta’minlaydi va monitorringini  olib boradi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha har chorakning oxirgi oyining 25-sanasigacha Vazirlikning Bosh boshqarmasiga va Hay’at kotibiga ma’lumotni taqdim etib boradi. Institut rektorining buyruqlarini bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini yuritadi. Har chorak yakunlari bo‘yicha Institutda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlarini bajarilishi monitoringi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi va ilmiy kengash, rektorat yig‘lishlarida axborot berib boradi;

       Bo‘limining boshlig‘i institut rektoriga bo‘ysunadi, yillik faoliyati bo‘yicha hisoboti institut ilmiy kengash yig‘ilishi yoki rektorat majlisida ko‘rib chiqiladi va institut yillik hisobotiga kiritiladi.

        Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining soha faoliyatiga oid normativ-xuquqiy hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 may kunidagi 341-son qarori bilan  tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi NAMUNAVIY NIZOM, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining soha faoliyati bo‘yicha buyruqlarini, DTPI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlari.

      Malaka talablari:

      Namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyat, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

      Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

      O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi, ta’lim sohasida kamida 10 yillik stajga ega bo‘lishi zarur 

     Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi va inspektorining lavozim vazifalari:

         Institutning tarkibiy tuzilmalari uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha hujjatlarga belgilangan tartibda nazorat kartochkalarini ochadi;

murojaatlar bilan ishlashda institut tarkibidagi tuzilmalarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qat’iy intizomiy jazo choralari ko‘rish haqida institut rahbariyatiga taklif kiritib boradi;

qonunga xilof ravishda yechimini topmagan yoxud ko‘rib chiqish muddati buzilgan murojaatlar bo‘yicha institut rahbariyatiga ma’lumot kiritib boradi;

murojaatlarda jinoyatlar alomatlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bayon etilayotganligi aniqlansa, uni Yuriskonsult bilan kelishgan holda institut rahbariyati imzosi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi;

zaruratga ko‘ra murojaatlarga institutning tegishli boshqarmalari, bo‘limlari va tizimdagi korxona, tashkilotlari tomonidan berilayotgan javob xatlari bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqish, murojaatchi bilan telefon orqali bog‘lanib, murojaatning qanoatlantirilganligiga aniqlik kiritadi;

murojaatni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborilishining oldini oladi;

institut tarkibiy tuzilmalari tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida; 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 9 avgustdagi 5017-F-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etadi;

bo‘limning yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi;

bo‘limda rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish borasida nazorat natijalarini umumlashtirish va monitoringini tashkil etish uchun usullarini ishlab chiqadi. Shu jumladan, bo‘limlar, kafedralar, fakultetlar va institut miqyosida o‘z-o‘zini attestatsiyalashni o‘tkazish uchun ijrochilik faoliyatini nazorati va natijalarini tahlili asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy  yordamlar ko‘rsatadi;

institutda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlarini bajarilish nazorati bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini tayyorlaydi;

Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan «Ochiq ma’ruzalar» o‘tkazish rejasi va uning amalga oshirilishining nazorati, natijalarining monitoringini olib boradi. Talabalar va o‘qituvchi-xodimlar orasida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazishda uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi. Fakultet, kafedralarda oliy ta’limga oid hujjatlar (DTS, o‘quv reja, fan dasturlari)ga amal qilinishini tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar tayyorlaydi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi yillik ish rejasini tuzishda ishtirok etadi. Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish doirasida fakultetlar, kafedralar holatini o‘rganish, tahlil etish uchun kerakli hujjatlarni talab etish huquqiga ega.

o‘z faoliyati bo‘yicha yillik hisobotni tayyorlashda ishtirok etadi, bajarilgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘iga hisobot berib turadi.

ayrim topshiriqlar bajarilgandan so‘ng Nizom asosida belgilangan nazoratdan chiqaradi va yozma ravishda hisobot tayyorlaydi.

          Bilishi kerak:

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining soha faoliyatiga oid normativ-xuquqiy hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 may kunidagi 341-son qarori bilan  tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi NAMUNAVIY NIZOM, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining soha faoliyati bo‘yicha buyruqlarini, DTPI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlari.

      Malaka talablari:

 Namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyat, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

 Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi, ta’lim sohasida kamida 5 yillik stajga ega bo‘lishi zarur

Язык