XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO'YICHA MASLAHAT KENGASHI RAISI

XASANOVA NODIRA IBRAGIMOVNA

  • Qabul vaqti: Har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 97 623 74 94
  • Elektron pochta: n.xasanova@dtpi.uz

        2021yil 30 noyabr kuni “O‘zbekistonda sovet hukumatining madaniy-ma’naviy siyosati va uning natijalari (Surxon vohasi hududi misolida, 1917-1941 yy.)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi. U jurnal va to‘plamlarda 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qildi. Ko‘pgina respublika, respublikalararo va xalqaro ilmiy anjumanlarda maqola va tezislari bilan ishtirok etdi.

        Xasanova Nodira Ibragimovna pedagogik faoliyati va xotin-qizlar maslahat kengashi raisi vazifasida ishlash davomida institut talabalari, xususan qizlarimizning yuqori natijalarni egallashlariga bevosita ko‘makchi va maslahatchi. Shu qisqa davr ichida 8 nafar talaba qiz Prezident davlat stipendiyasi, I.Karimov, Navoiy kabi nomdor stipendiyalariga sazovor bo‘ldilar. 3 nafar qiz Zulfiya mukofotining respublika bosqichida faol ishtirok etdi. Talaba-yoshlarni vatanga sadoqat, yurtga muhabbat, turli xil yot g‘oyalarga, giyohvandlikka, OITSga qarshi kurash maqsadlarida mutassadi tashkilotlar hamkorligida 70 ga yaqin tadbirlar tashkil etgan. Xotin-qizlarga tazyiq va zo‘rovonlikning oldini olish, Gender tengligi, Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlari kafolatlari to‘g‘risida qonunlar hamda xotin-qizlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish borasida ta’lim muassasasida 50 dan ortiq, mahallalarda 10 dan ortiq targ‘ibot-tashviqot ishlari va uchrashuvlarini tashkil etgan.

Язык