BOSH AUDITOR
ABDIRAXMONOV O’TKIR PULATOVICH
- Qabul vaqti: Chorshanba — soat 10:00 dan 17:00 gacha, juma — 10:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 77 029 19 75
- Elektron pochta: abdirokhman.4201m@dtpi.uz
Biografiyasi:
• 1994-1995 y — Usmon Doniyorov jamoa xo‘jaligi hisobchisi
• 1995-2003 yy — Sho‘rchi tumani xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi
• 2003-2007 yy — Sho‘rchi tumani xalq ta’limi bo‘limi bosh iqtisodchisi
• 2007-2007 yy — Sho‘rchi tumani hokimligi moliya bo‘limi xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bulimi boshlig‘i o‘rinbosari-bosh iqtisodchisi
• 2007-2009 yy — Sho‘rchi tumani moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari-xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i
• 2009-2012 yy — Sho‘rchi tumani moliya bo‘limi mudiri
• 2012-2015 yy — Sho‘rchi tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
• 2015-2017 yy — Uztransgaz AK YOXFM va MBsining yetakchi muxandisi
• 2017-2018 yy — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxasisi
• 2018-2020 yy — Termiz davlat universiteti Moliya-iqtisodiy ishlari bo‘yicha prorektori
• 2020-2020 yy — Termiz davlat universiteti Denov filiali Bosh auditori
• 2020 y x v — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bosh auditori
Lavozim yo‘riqnoma bo‘yicha:
Bosh auditor lavozimi OTM tarkibiy tuzilmasida alohida lavozim sifatida kiritiladi, bevosita OTMning rektoriga buysunadi. Bosh auditorni OTMning boshqa mansabdor shaxs yoki tarkibiy bo‘lim (boshqarma, bo‘linma)buysunuviga o‘tkazishga taqiqlanadi.
Bosh auditor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Hay’at qarorlari, boshqa qonun xujjatlari va ushbu Yuriqnomaga muvofiq olib boradi.
Bosh auditorning faoliyati OTMda budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi, samarali va maqsadli sarflanishi, tovar- moddiy boyliklarning harakati va saqlanishi, inventarizatsiyadan o‘tkazilishi, ulardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanilishi, belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning amaldagi me’yoriy xujjatlarga mos yuritilishi yuzasidapn imonitoring va nazorat olib borishga qaratiladi.
Bosh auditor lavozimiga oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan budjet tashkilotlari moliyaviy bo‘linmalarida (hisobchi,iqtisodchi, taftishchi, auditor kabi lavozimlarda)kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan malakali mutaxasislar qabul qilinadi.
Bosh auditor o‘z lavozimiga Mehnat kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda OTM rektorining buyrug‘iga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh auditor o‘z faoliyatinining natijalari bo‘yicha mustaqil va xolisona hisobot tayyorlaydi hamda har chorak yakunidan so‘ng OTM rahbariga va shuningdek hisobot nusxasitni chorak yakunidan so‘ng keyingi oyning 25 sanasigacha vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasiga taqdim etadi.