ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA
ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH

JURAYEV BOXODIR TURDALIYEVICH
tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD), dotsent

  • Qabul vaqti: Seshanba — 10:00 dan 17:00 gacha Payshanba — 10:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 99 883 73 92
  • Elektron pochta: b.jurayev@dtpi.uz

Biografiya:





    • 1987-yilda Denov shahrida tug‘ilgan;

    • 2008-2012 yillar — Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti (bakalavr) talabasi;

    • 20012-2014 yillar — Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti (magistratura) talabasi;

    • 2014-2016 yillar — Termiz davlat univarsiteti Milliy go’ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o’qituvchisi

    • 2016-2028 yillar — Termiz davlat universiteti Fuqorolik jamiyati kafedrasi katta o’qituvchisi;

    • 2018-2020 yillar — Termiz davlat universiteti Denov filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i;

    • 2020 y. — h.v.  — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshligi

Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi institutning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyruq va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Nizomi, institut kengashi qarorlari, shuningdek, institut rektori buyruqlariga asoslanib ish ko’radi.

Bo’limning asosiy vazifalari:

    • Institutning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy ishlar faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;

    • institut talabalari va o’qituvchilarining maqola chop ettirishdagi faolligini oshirish;

    • o’tkazilayotgan tadqiqotlarning sifati va dolzarbligini oshirish;

    • ta’lim va fanning integrasion jarayonlarini kuchaytirish, o’quv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar, tashkilotlar va korxonalar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;

    • ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda fakultetga tashkiliy va uslubiy yordam ko’rsatish;

    • institutning xalqaro miqyosda rivojlanishiga ko’maklashish;

    • oliy ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning eng muhim ilmiy muammolarini ishlab chiqishda qatnashish.

Bo’limning asosiy funksiyalari:

    • Institutning ilmiy, innovatsion va nashriyot faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring va nazorat qilish;

    • ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini e’lon qilish;

    • institut o’qituvchilarining xalqaro reyting jurnallarida nashr etish faolligini oshirish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish;

    • O’zbekiston Respublikasi va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, ilmiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish va o’tkazish;

    • doktorantlar, tadqiqotchilar va institut talabalarining ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov va grantlarda ishtirok etishini tashkil etish;

    • Institut talabalariga ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish va ishtirok etishda maslahat berish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;

    • ta’lim jarayonida ilmiy izlanishlar va innovatsiyalar natijalaridan faol foydalanish orqali sohasiga yetuk mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish;

Язык