Kafedra mudiri

TO’RAXONOV FOZIL BOBONAZAROVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari —                            soat 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 99 210 96 43
  • Elektron pochta: ftoraxonov12@gmail.com

Kafedrasining tarixi va faoliyati:

Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi rektorning 2023-yildagi 3-iyundagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi 5032-son qarori. Fizika sohasidafi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yich qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida 05.06.2014 yildagi PQ-3775-son qarori asosida 5140200 — fizika, 60530900fizika, 60730300 – Qurilish muhandisligi: Bino va inshootlarni loyihalash va qurish

ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlanib kelinmoqda.

70530901 — Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida talabalar o‘qib tahsil olishmoqda.

Kafedrasining asosiy maqsadi: 

Institut talabalarini bakalavriyat hamda magistrantlarini o‘qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta‘minotini takomillashtirishdir.

Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasining missiyasi:

          Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bolgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boyicha oquv, oquv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat. Kafedrada ta’lim ozbek, tojik va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda oqitiladi. Mutaxassislik fanlari malakali professor – oqituvchilar tomonidan ozbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Darslar bakalavriyat va magistratura bosqichlarida ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval boyicha maruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashgulotlar shaklida amalga oshiriladi.

Kafedraning vazifalari:

1.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan

         ma’ruzalar;

         amaliy mashg‘ulotlar;

         labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy  uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

1.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

1.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rsatmalarni tayyorlash;

1.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;

1.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;

1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

1.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

1.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajortadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar.

Kafedraning ish faoliyati:

2.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim;

2.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim;

2.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim.

Kafedraning xalqaro aloqalari:

Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan, O‘zbekiston milliy universiteti, Termiz davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, O‘zFA Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti, O‘zFA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, O‘zFA fizika-texnika instituti, Tojikiston milliy universiteti hamda Altay davlat universiteti.Har yili hamkorlik doirasida fizika o‘qitish metodikasi hamda fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish masalalari yuzasidan ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.

Язык