ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DEKANI
IRALIYEV BOYMURZA XOLMURZAYEVICH
- Qabul vaqti: Chorshanba — 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 76 228 08 27
- Ichki raqam: 204
- Elektron pochta: denovv2022@gmail.com
O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI
MAMADJONOV ULUG’BEK TOXIROVICH
- Qabul vaqti: Har kuni — 14:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: +998 97 806 43 63
MA'NAVIY ISHLAR BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI
DJO’RAYEV BAXTIYOR RAJABOVICH
- Qabul vaqti: Har kuni — 14:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: +998 99 053 40 77
- Elektron pochta: baxtiyorjuraev1977@gmail.com
O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI
BOLLIYEV SHAMSIDDIN TURSUNMAMATOVICH
- Qabul vaqti: Har kuni — 14:00 dan 17:00 gacha
- Telefon: +998 99 053 40 77
- Elektron pochta: shamsiddinbolliyev@gmail.com
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Kunduzgi ta’lim shakli
60540100– Matematika
60730300– Qurilish muhandisligi:bino va inshoatlar qurilishi
60530900 – Fizika
60510100 – Bilogiya (turlari bo’yicha)
60510100 – Bilogiya (turlari bo’yicha)( Rus)
60510100 – Bilogiya (turlari bo’yicha)(Tojik)
60530100 – Kimyo (turlar bo’yicha)
60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)
60811300 –Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo’yicha)
Sirtqi ta’lim shakli:
60510100– Bilogiya (turlari bo’yicha)
Talabalar kontingenti – 1212 nafar
kunduzgi — 1073 nafar;
kechki — 139 nafar;
Kafedralar:
Oliy matematika
Umumiy fizika va qurilish muhandisligi
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar
Biologiya va qishloq xo‘jalik maxsulotlari texnologiyalari
Oliy ta’lim muassasasi fakultet dekan lavozim vazifalari:
- fakultetda o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- institut va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoiy, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- o‘quv-tarbiyaviy jarayon, kredit-modul tizimiga kirish haftaliklarini yuqori saviyada tashkil etish, talabalarning tanishuv, malakaviy, pedagogik amaliyotlarini to‘laqonli o‘tashlari, bitiruv malakaviy ishlari samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini hamda o‘z vaqtida HEMIS axborot tizimiga kiritib borilishi, shuningdek, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
- talabalarning mustaqil ta’limi, shuningdek, ularning bilimini tegishli baholash tizimi asosida nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni semestrdan semestrga, kursdan kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, yakuniy nazoratlarga, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular sonini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni institut xalqaro aloqalar bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
- turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlaydigan yetakchi OTMlar bilan talabalarning akademik mobilligi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzadi, talabalarni akademik mobillik bo‘yicha o‘qishga yuboradi, qabul qiladi, tegishli hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi, akademik mobillik asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni “ustoz-shogird” tizimi asosida salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktiradi, tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratadi:
- fakultetni tamomlagan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji mavjud bo‘lgan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, OAV tahririyatlari, turli ta’lim muassasalari bilan tanishuv, malakaviy, pedagogik amaliyotlarini o‘tash bo‘yicha shartnomalar imzolaydi va bekor qiladi:
- iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, boshqa nomdor (jumladan, viloyat hokimi va rektor stipendiyasi) stipendiyalar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etadi;
- stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi tayyorlaydigan OTMlar orqali fakultet uchun zarur bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
- professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni KPI tizimida rag‘batlantirishga tavsiya etadi;
- fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” ko‘rik-tanlovida fakultetning faol ishtirokini ta’minlaydi;
- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- institutning marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bilan uzviy hamkorlikda tashkilot va muassasalarning fakultetda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, avvalgi yillarda fakultetni tamomlagan bitiruvchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qilib boradi;
- ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi, byudjetdan tashqari mablag‘ topish va undan o‘quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultet ixtisosligi bo‘yicha maktabgacha va maktab ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etadi;
- ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat va kadrlar iste’molchilari ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;
- ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manbalari, jumladan xalqaro axborotlar bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;
- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarni tuzadi;
- talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha “Besh tashabbus” doirasida tadbirlarni tashkil qiladi, talabalarning har xil norasmiy oqimlarga qo‘shilib qolishlarini oldini oladi;
- talabalar teatr studiyalari, raqs, futbol, voleybol, basketbol, adabiy to‘garaklari faoliyatini tashkil etish, ularning tizimli ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- talabalar orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular akademik faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga joriy qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasida rasmiy hamda norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi;
- o‘quv-tarbiya tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet Kengashi huzurida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi ta’lim texnologiyalarini joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilar hisobotlarini muhokama qilish hamda ommalashtirish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.