KAFEDRA MUDIRI

  RAJABOV TO’RABEK JO’RAQULOVICH

  • Telefon: +998 99 677 68 57
  • Elektron pochta: rajabov@gmail.com

 

 

Axborot texnologiyalari  kafedrasining tashkil etilishi:

Moliya va raqamli axborot texnologiyalari kafedrasi rektorning 2020-yildagi 3-noyabrdagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining faoliyati:

O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 15.06.2021 yildagi 373-son qarori. Axborot texnologiyalari  va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari  va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 28.04.2020 yildagi pq-4699-son qarori.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining asosiy maqsadi:

Institut talabalarini bakalavriyat hamda magistrantlarini o‘qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdir.

    Axborot texnologiyalari  kafedrasining kafedrasining vazifalari:

          Bugungi raqamlashib borayotgan iqtisodiyotimizni, shuningdek, jahon tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tadbiq etish yo‘llari, kundalik hayotda qo‘llaniladigan zamonaviy texnalogiyalarini o‘rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Yuqoridagilarga muvofiq, o‘quv dasturi Axborot texnologiyalari ni o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga oladi.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining missiyasi:

          Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.

          Kafedrada ta’lim o‘zbek va tojik, rus tillarida olib boriladigan guruhlarda o‘qitiladi. Mutaxassislik fanlari malakali professor – o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Darslar 1, 2, 3,  kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida  tasdiqlangan jadval bo‘yicha ma`ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra o‘qituvchilari Hemis platformasida joylashtirilgan o‘quv materiallarini tayyorlaydilar. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.

Axborot texnologiyalari kafedraning vazifalari:

1.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan

  • ma’ruzalar;
  • amaliy mashg‘ulotlar;
  • labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

1.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

1.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;

1.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;

1.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;

1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

1.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

1.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajortadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar.

Kafedraning ish faoliyati:

2.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim;

2.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim;

2.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim.

Axborot texnologiyalari  kafedrasining xalqaro aloqalari:

Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti, Altay davlat universiteti,     Qozon federal universiteti hamda OlmaOta menejment universiteti.

Har yili hamkorlik doirasida Iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalari yuzasidan ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.

Язык