AXBOROT RESURS MARKAZI

ISAKULOV SHERALI ABDUGAPPOROVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma — 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 99 575 10 31

Biografiya:

2013-2017 yy — Surxondaryo viloyati Denov Xazarbog’ iqtisodiyot kolleji o’qituvchisi

2017-2018 yy — Surxondaryo viloyati Denov Xazarbog’ iqtisodiyot kolleji Axborot resurs markazi boshlig’i

2018-2019 yy — Termiz davlat universiteti Denov filiali buxgalteriya bo’limi g’aznachisi

2019-2020 yy — Termiz davlat universiteti Denov filiali Axborot resurs markazi mudiri

2020 y x v      — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Axborot kutubxona resurslarini butlash kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi mudiri

2023-y.x.v- Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Axborot – resurs markazining faoliyat yuritgan

Axborot – resurs markazining faoliyati:

  1. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Axborot-resurs markazi (keyingi o’ rinlarda Axborot-resurs markazi deb ataladi) (O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish manfaatlari yo’lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
  2. Axborot-resurs markazi oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo’linmasi sifatida institut rahbariyatiga bo’ysunadi.
  3. Axborot-resurs markazi o’z faoliyatida (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlariga, oliy ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining ustavi va institut rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
  4. Axborot-kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro’yxati, ularni ko’rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalarida belgilanadi. Foydalanish qoidalari har bir oliy ta’ lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi.

Institut Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.

  1. Institut Axborot-resurs markazlariga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning ishlarini muvofiqlashtirish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Institut Axborot-resurs markazi institut tasarrufidagi akademik litseylar kutubxonalariga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tasarrufidagi texnikumlarga metodik yordam ko’rsatadi.

Axborot – resurs markazining vazifalari:

— Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

— Oliy ta’lim muassasalari, viloyat va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy axborot-kutubxona muassasalari bilan bog’lanib, doimiy ravishda kutubxona fondini oshirib borish;

— Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

— ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;

— Oliy ta’lim muassasalari va boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan aloqani olib borish;

— Axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;

— Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;

— Axborot-resurs markazi fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;

— Axborot-resurs markazini zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni ta’minlash;

— Axborot-resurs markazini malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to’g’ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko’rish;

— Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;

— Ishlov berish va butlash bo’limining ishiga mutasaddilik qilish: kutubxona fondlarini to’liq butlash uchun tarmoq OTMsi va pochta orqali kitob jo’natadigan do’konlar bilan aloqani yo’lga qo’yish, kutubxonadagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo’qolganlari o’rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish;

— Markazning xizmatlar va mahsulotlar assortimentini, xizmat ko’rsatishning yangi noan’anaviy turlarini ishlab chiqish, markazning resurs bazasini axborot izlash, unga ishlov berish va taqdim etish hisobiga kengaytirish, axborotni hisobga olish, ishlov berish va tartibga keltirishning yangi texnik vositalarini joriy etish;

— Markazning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan boshqaruv xarakatlarini amalga oshirish, markaz faoliyatini to’xtab qolmasligini ta’minlash, axborot kutubxonachilik, axborot-resurs markazi va boshqa tizim hamda idoralarga qarashli kutubxonalar bilan olib boriladigan ishlarni, o’quv yurtlari o’quvchilariga, aholiga axborot xizmati ko’rsatishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirirish;

— Xujjatlarni elektron shaklda yetkazish va kataloglashtirish, masofadan turib xizmat ko’rsatish hamda ARMda internet xizmatlarini rivojlantirish vazifalari yuklatiladi.

  • Regionda Axborot resurs markazi xizmati ko’rsatilishi holatini o’rganadi va xizmati ko’rsatish yagona ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi, uning bajarilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
  • Axborot resurs markazining mavjud bo’limlariga hamda tarmoq bo’linmalariga amaliy yordam ko’rsatish borasidagi ilmiy-uslubiy faoliyatlarni tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
  • Boshqa tizim va tashkilot Axborot-kutubxona muassasalari bilan uslubiy ishlarni muvofiqlashtirib turadi, ARM uchun yagona uslubiy ishlar rejasini tuzadi va shu reja asosida doimiy ish olib boradi;
  • Yig’ma elektron katalog yordamida axborot resurslarni birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish jarayoni buyicha mas’uldir;
  • ARMning istiqbolli va yillik ish rejalarni tuzishda ishtirok etadi, raqamli va yozma hisobotlar xamda ma’lumotlarni tayyorlaydi;
  • Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jihdtdan yangi darajaga ko’tarish, uning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish bo’yicha ko’rsatilayotgan xizmatlar turini barcha bo’limlarda keng targ’ibot qilishni ta’minlaydi;
  • Markazning ilmiy-uslubiy faoliyatini targib kilish maksadlarida xalkimizning ardokli adib va allomalari, davlat arboblarining x,ayoti va ijodiga bagishlangan takdimotlar, kitob yarmarkalari, seminar-treninglarni tashkil etadi;
  • Uslubiy-yo’riqnomalar va qo’llanmalar tuzish uchun materiallar tanlaydi va tayyorlaydi;
  • Kutubxonachilik va axborot ishlari buyicha ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, seminar-treninglar o’tkazishni rejalashtiradi va uning keng miqyosida o’tishini ta’minlaydi;
  • “Eng yaxshi Axborot resur markazi kutubxonachisi” ko’rik-tanlovi mashg’ulotlarini o’tkazish rejasini tuzadi;
  • Universitet professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilayotgan ilmiy manbalarni talab qilib oladi, ularni elektron va yozma manbasini shakllantiradi;
  • Shaxsning axborot olish madaniyatini shakillantirish buyicha mashg’ulotlar o’tkazish;
  • Axborotni hisobga olish va unga ishlov berish sistemalashtirishning kutubxonachilik-bibliografik vositalarini avtomatlashtirishda amaliy- uslubiy yordam ko’rsatadi.
Язык