KAFEDRA MUDIRI

RUSTAM SHUKUROV ESHONKULOVICH

  • Telefon: +998 97 693 13 91
  • Elektron pochta: ilknur7777@mail.ru

Kafedra tarixi va faoliyati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 4 – apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ—4681-sonli Qarori bilan tasdiqlangan  tarkibiy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan.Kafedra faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengash qarorlariga, Institut rektorining buyruqlariga va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

Kafedraning asosiy maqsadi: “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi talabari va “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi magistrantlariga  ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kafsh etishga doir bilimlar berish. Shuningdek, talabalar va magistrantlarga mutaxassislik fanlarini o‘qitish, mustaqil ta’lim va ijodiy izlanish natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasida eng zamonaviy shakllar, metodlar va turli vositalarni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib borish va ularni zamonaviy jamiyatga mos kadr qilib yetishtirish.

 Shuningdek, kafedrada institutning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Kafedraning maqsadidan kelib chiqib quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:

— yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali va chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lgan raqobatbardosh boshqaruv kadrlarini tayyorlash;

— talabalar va magistrantlarning dissertatsiya ishlari, malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, ularni bilimini baholash va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

— Pedagogika, psixologiya, matematika, ona tili yo‘nalishlari ilmiy tadqiqotlarni olib borish;

— Har bir bitiruvchilarni o‘qish davri mobaynida erishgan yutuqlari va egallagan bilimlariga asosan taxminiy kasbiy traektoriyasini ishlab chiqish;

Asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda kafedra professor-o‘qituvchilarining funksiyalari quyidagicha belgilanadi:

— kafedra fanlari bo‘yicha syllabuslar, o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

— kafedra yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib boradi va takomillashtirish;

— darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;

— kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratadi, shuningdek, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda ishlab chiqilgan adabiyotlarga taqriz va xulosalar berish;

— belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish;

— Institut yillik kasbiy o‘sish rejasiga muvofiq kafedra xodimlarining ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish hamda xorijiy tillarni mukammal egallashiga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish;

— zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofaviy ta’lim modelini ishlab chiqish va rivojlantirish;

Kafedrada o’qitilinadigan fanlar: 

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasida “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi”, “Tabiiy fanlar va uni o’qitish metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”, “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya”, “Mutaxassislikka kirish”, “Pedagogik kompetentlik”, “Ta’limda pedagogik o‘lchovlar zamonaviy test texnologiyalari”, “Boshlang’ich ta’lim fanlari nazariyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.

Язык