KAFEDRA MUDIRI
ISMATOV SUNNATULLO SHAMSULLAYEVICH
- Telefon: +998 93 471 53 72
- Elektron pochta: sshismatov72@mail.ru
Kafedra tarixi va faoliyati:
Institut kengashining joriy yil 21-iyundagi 11-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2023-2024 o’quv yilida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 03.07.2023 yil № 108-PO‘ buyrug’i asosida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi.
Aniq va tabiiy fanlar fakultet tuzilmasida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi tashkil qilinsin,uning tarkibiga 60710100 — Kimyoviy texnologiya (organik moddalar), 60530100 — Kimyo (turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda 70530101– Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi biriktirilsin.Barcha ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejalardagi kimyo va kimyoviy texnologiyaga oid fanlarning o’quv soatlari fondi ushbu kafedraning o’quv soati fondiga o’tkazilsin;
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafar fan doktori akademik professor, 1 nafar texnika fanlari nomzodi dotsent, , 1 nafar texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar o’qituvchi va 7 nafar stajyor o’qituvchilardan iborat.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar:
Namozov Sh.S. — Akademik, professor,
Shukurov D.X. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent,
Raximov A.X. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori,
Bozorov I.I. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori,
Primqulov B.SH. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori,
Iraliyev B.X. — texnika fanlari nomzodi,dotsent,
Karimov X.R. — kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori,
Ro’ziyeva O’.M. — stajyor-o’qituvchi,
Raxmonov B.A. — stajyor-o’qituvchi,
Yo’lliyev D.T. — stajyor-o’qituvchi,
Ruziboyeva G.S. —stajyor-o’qituvchi,
Qarshiyev N.X. — stajyor-o’qituvchi,
Ergasheva S.E. — stajyor-o’qituvchi,
Jumayev J.A. — stajyor-o’qituvchi,
Kafedrada o’qitilinadigan fanlar:
Bakalavr
Umumiy va noorganik kimyo
Texnik mexanika
Organik kimyo
Umumiy kimyoviy texnologiya
Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari
Organik sintez asoslari
Organik moddalar sintezi
Organik moddalarni spektral usulda tadqiq qilish
Noorganik moddalar sintezining nazariy asoslari
Organik sintez korxonalarini loyihalash asoslari
Noorganik kimyo
Kimyo tarixi
Kvant kimyosi va kvant mexanikasi
Modda tuzilishi
Аnalitik kimyo
Nanokimyo va nanotexnologiya
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
Kolloid kimyo
Kimyo oʼqitish metodikasi
Kompleks birikmalar kimyosi
Bioorganik kimyo
Kimyoviy texnologiya
Magistratura
Kimyoning zamonaviy muammolari
Kimyoda zamonaviy kompyuter modellashtirish usullari
Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi
Organik moddalarning reaksion qobiliyati va selektivligi
Tabiiy biologik faol moddalar kimyosi