Sizni 2024-yil 7-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilayotgan “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif qilamiz! Konferensiya boshlanish vaqti 9:00. Konferensiya oʻtkaziladigan joy manzili: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti anjumanlar zali Aloqa uchun telefonlar: +99890 125-96-54 +998 99 210 96 43

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 02/10-443 XDFU-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 719/29-son qarorining 23.5-bandida “Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandiligi ta’minlash maqsadida boʻsh ish o‘rinlari yarmarkalari va “Karera kuni” tadbirini  o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bitiruvchi talabalar uchun boʻsh ish o‘rinlari yarmarkalari va “Karyera kuni” tadbiri isntitutning Denov tumani Guli Rano ko‘chasi 1-A-uyda joylashgan o‘quv binosida 2024-yil 16-may kuni soat 9.00 da tashkil etilishi rejalashtirildi.

Ushbu “Karyera kuni”da  tashkilotingizning bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bilan ishtirok etishingizni  so‘raymiz.

 

2024-yilning iyun oyida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Ishtirokchilar olimpiada.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatga olinadi. 

 

Olimpiadada I, II va III o‘rinlami egallagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga imtiyozli qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.

 

Roʻyxatdan oʻtish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada eʼlon beriladi. (https://t.me/eduuz)

Язык