Dissertatsiya himoyasi
🔰 Xabarlaringiz bor Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Magistratura (qishki) qabuldagi 2-kurs magistrlarning magistrlik dissertatsiya himoyasi bo’lib o‘tmoqda. 17-yanvar kuni “Kimyo” (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligining magistrlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ MD himoyasida YaDA raisi sifatida kelgan Termiz davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori To‘rayev Xayit Xudoynazarovich, texnika fanlari doktori, professor Umbarov Ibragim Omonovich, texnika fanlari doktori, professor Normurodov Baxtiyor Abdullayevich, Magistratura bo‘limi boshlig’i D.Shukurov, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari hamda ishlab-chiqarish tashkilotlaridan kelgan komissiya a’zolari ishtirok etdi.