Doktorantlar ishtirokida seminar-trening
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida institutning oliy ta’limdan keyingi ta’limiga 2025 yilda qabul qilingan tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish borasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi.
✅ Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor R.Shukurov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i B.Jurayevlar va tadqiqotchilar tomonidan ma’ruzalar qilindi hamda doktorantlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
11