KAFEDRA MUDIRI
XUDOYQULOV BEHZOD ABBOSOVICH
- Telefon: +998 90 748 83 30
- Elektron pochta: bekhzod338@gmail.com
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining tashkil etilishi:
Kafedra 2023 yil iyul oyida Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi negizida tashkil topgan. Hozirgi paytda Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi 3-4 kurs bakalavriat va 1-2 kurs magistratura yo’nalishlari bo’yicha xorijiy til va adabiyoti hamda ikkinchi chet tili fanining nazariy va amaliy aspektlarini olib boruvchi professor-o’qituvchilarni birlashtiradi.
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining faoliyati:
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va Magistratura mutaxassisligi.
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta`lim yo‘nalishi
70111801 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi bo`yicha talabalar o`qib tahsil olishmoqda.
Bundan tashqari kechki ta`lim yo`nalishi hamda ikkinchi oliy ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham talabalar o‘qib kelishmoqda.
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining asosiy maqsadi:
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi jamoasi o’z oldiga soha bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini olib borishni asosiy maqsad qilib olgan.
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining missiyasi:
Ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.
Kafedrada ta’lim o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladigan guruhlarda o‘qitiladi:
Mutaxassislik fanlari malakali professor – o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Darslar 3, 4 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo‘yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.
Mutaxassislik fanlari malakali professor – o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Darslar 3, 4 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo‘yicha ma`ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.
Kafedraning vazifalari:
1.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy ta’limning DTS (Davlat ta’lim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan
⦁ ma’ruzalar;
⦁ amaliy mashg‘ulotlar;
⦁ labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
1.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
1.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rsatmalarni tayyorlash;
1.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
1.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishini ta’minlash;
1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
1.8. Budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida korxonalar va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
1.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar.
Kafedraning ish faoliyati
2.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim;
2.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim;
2.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim.