MARKETING BO'LIMI

BEKMUROTOV DAVRONQUL PARDAYEVICH
pedagogika fanlari doktori

  • Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma kunlari — 14:00 dan 16:30 gacha
  • Telefon: +998 91 573 25 00

Biografiyasi:

1992-1992 yy — Denov tuman xalq ta`lim bo’limida  filmoteka bo’lim mudiri

1992-1997 yy — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 2-maktabda matematika va informatika  o’qituvchisi

1997-2005 yy — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan bolalar maktab internatida o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari 

2005-2010 yy — Surxondaryo viloyati Denov tuman xalq ta`limi bo’limi metodika kabineti mudiri

2010-2016 yy — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 16-ixtisoslashtirilgan maktab-internati  direktori

2016-2017 yy — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 77-maktab direktori

2018-2021 yy — Surxondaryo viloyati Denov tumani xalq ta`limi bo’limi ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho’basi bosh mutaxassisi

2021-2022 yy — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ta`lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi

2022 y x v      — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Marketing va talabalar amalyoti bo’limi boshlig`i

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi faoliyati:

  1. Institut bitiruvchilarining ishga joylashuviga ko‘maklashuvchi taqsimot komissiyasi va fakultetlarda tegishli ishchi guruhlarni tuzish hamda ularning ish faoliyatida faol ishtirok etish.
  2. Tarmoq korxonalarida talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha manzilli reja ishlab chiqish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga bitiruvchilarni joylashtirish choralarini ko‘rish
  3. Hamkor tashkilotlar hamda tarmoq korxonalari ro‘yxatini shakllantirish va uni muntazam yangilab borish
  4. “Karyera markazi”ga tarmoq korxonalari vakillarini har oyda kamida ikki marotaba kelib, seleksiya ishlarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish
  5. Talabalarni O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi, ish hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish
  6. Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg‘or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat bilan tanishtirish
  7. Yo‘nalishlar kesimi hamda bitiruvchilar to‘g‘risida OAV orqali institut rahbariyatining chiqishini tashkil etish hamda mazkur jarayonga tarmoq korxonalari vakillarini jalb etish

Marketing va talabalar amalyoti bo’limining vazifalari

  1. Oliy ta`lim muassasasida tayyorlanayotgan oliy ma`lumotli kadrlarga
    korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o’rganish asosida ma`lumotlar ba`zasini shakllantirish.
  2. Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha
    bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o’z ichiga olgan holda ta`lim xiznatlar iste`molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan tashkilotlar — davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari ya h.k.) Tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to’liq ma`lumotlar bankini yaratish.
  3. Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni
    oliy ta`lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga qo’yish uchun kiritish, bu borada oliy ta`lim muassasasining tegishli bo’limlari bilan hamkorlik qilish.
    4. Oliy ta`lim muassasalarida kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida
    bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
  4. Oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini
    tizimli tahlil qilish va baholash.
  5. Ta`lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashish, yosh mutaxassislarga bo’lgan talab ko’rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  6. Oliy ta`lim muassasasi joylashgan hududdagi muassasa, korxona va
    tashkilotlarining kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy ta`lim
    muassasasi faoliyatini yo’naltirish.
  7. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat
    yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha raqobatli ta`lim
    xizmatlarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan xizmatlar bozori konyukturasining o’zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo’nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
  8. Oliy ta`lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez
    o’zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o’zaro bog`liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste`molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma`lumotli yosh mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hududlar bo’yicha o’rganish.
  9. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli
    rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta`lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
  10. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o’zaro
    hamkorlik va aloqa o’rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa
    ma`muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to’g`risidagi fikrlarini o’rganib borish.
  11. Oliy ta`lim tizimida kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va ta`lim xizmatlari
    bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta`minlash bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  12. Yosh mutaxassislardan kadrlar iste`molchilarining talab va ehtiyojlaridan
    kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko’maklashish.
  13. Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir
    talablarini oliy ta`lim muassasasi kengashida muhokama qilish.
  14. Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste`molchi
    (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta`minlash.
  15. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin
    bo’lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko’maklashish.
  16. Belgilangan muddatlarda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga oliy
    ta`lim muassasalarining joriy yildagi bitiruvchilari to’g`risida ta`lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo’llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma`lumotlarni taqdim etib borish.
  17. Mehnatbozori konyunkturasini o’rganish, qabul parametrlarigatakliflarni
    iste`molchilarning bitiruvchilarga bo’lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo’naltirish to’g`risidagi oliy ta`lim muassasasining ma`lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o’z vaqtida Oliy va o’rla maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etib borish.
  18. Bitiruvchilarni iste`molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh
    mutaxassis to’g`risidagi tavsiya va takliflarini e`tiborga olgan holda taqsimlash.
  19. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo’yicha korxona, muassasa va
    tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda shartnomalar imzolash.
  20. Talabalar amaliyotini ta`lim yo’nalishi va mutaxassislikka mos korxona,
    muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta`minlash.
  21. Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish
    jarayonlarini o’rganish, o’rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va
    takliflarni ishlab chiqib oliy ta`lim muassasasi rahbariyatigataqdim etib borish.
  22. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo’yicha ilg`or xorijiy va milliy
    tajribalarni o’rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
  23. Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma`lumotlar
    tayyorlash.
  24. Ta`lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo’yicha amaliy takliflar ishlab
    chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Язык