O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi

 Hamidov Abdumalik Kironovich  f.f.f.d(PhD)                           

Ish vaqti:08:30-18:00              

Telefon:+998972448084 

          

                 O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

                     1.  O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tarixi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi institut rektorining 2020-yil 2-noyabrdagi 39-PU-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Jami 19 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Shulardan 16 nafari asosiy shtatda, 3 nafari o‘rindosh hisoblanadi.

  3. Kafedraga tegishli ta’lim yo’nalishlar va mutaxassisliklar

Filologiya va tillarni o’qitish -5120100

 4.O’quv uslubiy ishlar

Kafedra o’z faoliyati davomida yetuk kadrlarni yetishtirib chiqmoqda Kafedra professor –o’qituvchilari tomonidan dars mashg’ulotlari o’z vaqtida barcha talablar asosida olib borilyapti.Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan dars qo’llanmalari ishchi dasturlar, fan dasturlari,o’quv uslubiy qo’llanmalar orqali dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.Kafedrada 19 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi, shundan asosiy shtatda 16 ta 3 nafari tashqi o’rindosh.Kafedraning yetakchi professor –o’qituvchilari  A.Shukurov, J.Ubaydullayeva, S.Urunova,Q.Atamurotova va boshqalar talabalarga  ta’lim berib kelmoqda.

  5.Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan respublikamizning o’zbek tilini yanada rivojlantirish bilan bog’liq ilmiy amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.Kafedrada ko’plab ilmiy amaliy konfrensiyalar davra suhbatlari tashkil etilgan.Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan nufuzli  xalqaro ilmiy  jurnallarda maqolalar chop etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shundan 2020-2021 yillarda kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ko’plab maqolalar va tezislar chop etildi.

 6. Ma’naviy ma’rifiy ishlar

Kafedra professor o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyev  tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash “asosida talaba yoshlarning yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlari ona vatanga sadoqat milliy va umuminsoniy qadiryatlarga muhabbat tuyg’usini shakillantirish talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar,san’at,musiqa teatr,kitobxonlik,she’riy kechalar,ustoz shogird,ijodiy kechalar,va o’zbekiston miqyosidagi tarixiy va qadimiy shaxarlarga ko’plab sayohatlar uyushtiriladi.

7.Xalqaro xamkorlik

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining o‘zbek tilini xorijda targ‘ib etish maqsadida Turkiya Respublikasining Tokat Gaziosmanpasha universiteti bilan hamkorlikda ish olib bormoqda

                 8.  Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ishlar

Kafedrada professor o’qituvchilar tomonidan talabalarni yanada bo’sh vaqtlarini unumli o’tqazish maqsadida kafedra qoshida fan va ilmiy  to’garaklar tashkil etilgan.Bundan “Yosh turkologlar” “Ilhom chashmalari” “Navoiyshunoslik”   to’garaklari faoliyat olib boradi.