PEDAGOGIKA FAKULTETI DEKANI

 I. Sh: Mahmudov Sherali Komilovich

Qabul vaqti: Seshanba, payshanba 14:00-16:00

Telefon: 97-244-52-15

 

E-mail: msherali81@gmail.com

OQUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN ORINBOSARI

Shavkat Amanqulov

YOSHLAR BILAN  ISHLASH BO`YICHA DEKAN O’RINBOSARI

  1. Sh: S.AbduraximovQabul vaqti:Dushanba,chorshanba
    15:00-17:00

Telefon: 91-906-62-62

E-mail: siyovush.abduraximov@gmail.com

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA ANIQ FANLAR  FAKULTETI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil
17 apreldagi PQ–4681-son qarori bilan “Termiz davlat universitetining Denov filialini negizida Samarqand davlat universitetining DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI tashkil etildi.

PQ-4681 sonli qaror 6-bandi birinchi qismida belgilangan vazifalardan kelib chiqib Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tuzilmasi tasdiqlandi. Ushbu tuzilma bo‘yicha PEDAGOGIKA VA ANIQ FANLAR  FAKULTETI tashkil etildi.

Hozirgi kunda fakultetda: 5111700-Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi, 5111800-Maktabgacha ta`lim yo`nalishi, 5140200-Fizika ta’lim yo’nalishi, 5140500-Kimyo t’lim yo’nalishi, 5140100-Biologiya ta’lim yo’nalishi, 5110100-Matematika va iInformatika ta’lim yo’nalishi, Matematika ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Fakultetda jami bo`lib, 2020/2021 o’quv yilidan 1051 nafar talabalar taxsil olishadi.

Pedagogika va aniq fanlar fakulteti talabalaridan 1 nafari boks sport turi bo’yicha, 1 nafari esa suzish sport turi bo’yicha O’zbekiston chempioni ta’lim olib kelmoqda. Fakultet tasarrufida
2 ta kafedra: Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim  kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Fakultetning malakali professor o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan: fan, ilmiy, amaliy, o‘quv to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogika va aniq fanlar fakultetida kafedralar qoshida qiziqarli ilmiy, o‘quv, fan to‘garaklari, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim  kafedrasida “Mohir qo‘llar”, “Yosh bilimdon” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.