Sirtqi (maxsus sirtqi) boʼlim boshligʼi, dekan: Gʼoyipova Mahliyo Аbdullaevna

Qabul: Har kuni haftaning Juma kuni 14:00-17:00

Manzil: Sariosiyo tumani, Gulobod MFY 2- uy.

Telefon: +998 90 245-79-01

E-mail : mahliyo.1979@mail.ru

Dekan o’rinbosari: Jabborov Anvar Egamberdiyevich

Manzil: Sariosiyo tumani, Gulobod MFY 2- uy.

Telefon: +998995082115

E-mail: jabborovanvar39@gmail.com

Dekan o’rinbosari: Abduraximov Siyovush Suvonqulovich

Manzil: Sariosiyo tumani, Gulobod MFY 2- uy.

Tel: +998919066262

E-mail: siyovush1985585@gmail.com

Oʼquv metodik ishlar boʼyicha uslubchi: Sheraliyev Aziz Usmonovich

Manzil: Sariosiyo tumani, Gulobod MFY 2- uy.

Tel: +998915125852

E-mail: yusufbek201519@gmail.com

Sirtqi boʼlimning tashkil etilish tarixi

 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 930-son qaroriga asosan institut Sirtqi boʼlimi tashkil etildi.

 Sirtqi boʼlim Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tuzilmasining tarkibiy boʼlinmasi boʼlib, uning faoliyati bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklari boʼyicha talabalarni oʼqitish, taʼlim – tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʼunlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarishishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Boʼlim Oʼzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, institut rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Ustavi hamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.

Sirtqi boʼlimda boʼlim boshligʼi va 2 nafar dekan oʼrinbosari, 1 nafar oʼquv metodik ishlar boʼyicha uslubchi faoliyat olib boradi.

Sirtqi boʼlimda quyidagi taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha kadrlar tayyorlanadi

Taʼlim yoʼnalishlari shifri

Taʼlim yoʼnalishlari nomi

1.

Boshlangʼich taʼlim

5110100

2.

Maktabgacha taʼlim

5111700

3.

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʼyicha)

5111800

4.

Matematika va informatika

5120300

5.

Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar boʼyicha)

5230100

6.

Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar boʼyicha)

5230900

7.

Biologiya (turlari boʼyicha)

5140100

 Sirtqi boʼlimda jami 1498 nafar talaba taʼlim olishadi. Shundan 1-kursda 300 nafar, 2-kursda 449 nafar, 3-kursda 583 nafar va 4-kursda esa 81 nafar 2-OTMga 85 nafar talaba tahsil oladi. Jami 1498 nafar talabalardan 849 nafarini qizlar 649 nafarini oʼgʼil bolalar tashkil etadi.

 Sirtqi boʼlimda taʼlim olayotgan talabalar institutda oʼqish bilan birga ishdan ajralmagan holda iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari, tuman filiallarida, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Hududiy moliyaviy organlari, gʼaznachilik idoralari va byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmalarida, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar Davlat Soliq Boshqarmalari, tumanlar Davlat Soliq inspektsiyalarida hamda turli korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Sirtqi boʼlimning vazifalari:

 

-sirtqi taʼlimni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

-talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʼyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;

-oʼqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar oʼzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlash;

-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;

-talabalar bilan oʼquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʼrish;

-mehnat muhofazasi, texnika va yongʼin xavfsizligi boʼyicha tadbirlarni, boʼlim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;

-oʼquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʼqituvchilarning oʼquv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;

-institut Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi taʼlim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;

-talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi taʼlimda oʼquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʼqituvchilarni taqsimlash;

-sirtqi boʼlimning oliy taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʼzaro aloqasini taʼminlash va boshqalar.