Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Xitoyning Beijing grafik aloqa institutlari o'rtasida bakalavr va magistratura talabalari uchun ikki tomonlama ta'limni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikka erishildi. Rasman imzolangan ushbu ikki tomonlama kelishuv natijasida DTPI talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, hamkorlikda talaba-yoshlarga xitoy tilidan dars berish, ular HSK 4 (yoki IELTS 6.0, TOEFL 90) sertifikatiga ega bo'lishsa, tog'ridan-tog'ri hamkor mamlakatimizda o'qish imkoniyatini qo'lga kiritishlari kabi takliflar ilgari surildi.
Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Tojikistonning Dang'ara davlat universitetlari o'rtasida rasman xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ancha vaqtdan buyon kutilayotgan ushbu hamkorlik memorandumi asosida kelajakda ikki qo'shni davlatlar o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlari, ta'lim markazlari ochilishi ko'zda tutilgan. Xususan, bugun ikki taraf Tursunzoda shahrida Dang'ara davlat universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining qo'shma filialini ochish kabi masalalarni ko'rib chiqishdi.
language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz