Tikuvchjilik yo’nalishi bo’yicha- Institutda maxsus tikuvchilik xonasi mavjud bo’lib,  ishlab chiqarishga mo’ljallangan tikuv mashinalari bilan ta’minlangan. Tikuvchilik kursi faoliyatidan ko’zlangan maqsad Denov tumanida istiqomat qiladigan kambag’al va ishsiz xotin-qizlarni, uyushmagan yoshlarni, institutimizda tahsil olayotgan talaba qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o’qitish ishlarini yo’lga qo’yish.

          Kelajakdagi rejalar:  ishlab chiqarish fabrikasini tashkil qilib, ayollar va bolalar kiyim kechaklarini ishlab chiqarish mahsulotlari orqali DTPI brendi bilan O’zbekiston bozoriga kirish. Ish o’rinlarini yaratish.

 

Kompyuter va dasturlash asoslari o’quv kursi uchun maxsus xona ta’mirlanib, o’quv kursi faoliyati uchun tayyorlab qo’yildi.

Kelajakdagi rejalar:  reklama, o’quv kursi  yo’lga qo’yiladi. Ayollar va erkaklar.

 

Quyonchilik yo’nalishi bo’yicha namuna uchun 4 ta zotdor quyon keltirilib, sharoit yaratilib, quyonchilik bo’yicha qiziquvchi iqtidorli talabalar tomonidan ish olib borilmoqda.

Kelajakdagi rejalar:  Quyonchilik ishlarini kengaytirib, Denov bozori go’sht maxsulotlari turuni ko’paytirishga xissa qo’shish.

 

Ko’chatchilik bo’yicha namuna uchun 175 m2 maydonga yong’oq va bodom urug’lari ekilib, 2 nafar  talaba tomonidan parvarishlanmoqda.   

Kelajakdagi rejalar:  mevali daraxtlar, manzarali daraxtlar, noyob daraxtlar yetishtirish ishlarini yo’lga qo’yish.

 

Gul yetishtirish bo’yicha kelajakdagi rejalar:  mavsumiy gullar, noyob gullar yetishtirishni yo’lga qo’yish.

 

330 m2 maydonda issiqxonada limon yetishtitirilmoqda.

Kelajakdagi rejalar:  Limon yetishtirish uchun issiqxonalar sonini ikkitaga ko’paytirish.

 

243 m2 maydondagi issiqxonada poliz ekinlari yetishtirish bo’yicha biolog olimalar rahbarligida iqtidorli talabalar ish olib bormoqda.

Kelajakdagi rejalar:  Issiqxonalar sonini  ikkitaga ko’paytirish.

 

Qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi biomahsulotlar ishlab chiqarish va foydali hashorotlarnini yetishtirish maqsadida “Biolobaratoriya” tashkil etildi. 2021 yil mavsumda fermer xo’jaliklari bilan 70245000 so’mlik shartnoma imzolanib ijobiy natijalarga erishildi.

Kelajakdagi rejalar:  Qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi oltinko’z, intomafag, trixogramma, brakon kabi foydali hashorotlarni yetishtirish ishlarini takomillashtirish.

 

Biolog olima Hamrayeva Marg’uba Komilovna tomonidan 11 m2 maydonda Dehqonchilikda ishlatiladigan “biogums” mahsulotini yetishtirish maqsadida “koliforniya chuvalchanglari” parvarishlanmoqda.

Kelajakdagi rejalar:  chuvalchang parvarishlash maydonini 1 sotixga yetkazib, mahsulotni bozorga chiqarish.

 

 

language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz