O’qishni ko’chirish bo’yicha yangiliklar

O’zAning (@uzauz) xabar berishicha, Prezident qaroriga asosan, “perevod” bo’yicha avval xabar berilgan tartib tasdiqlandi. Ya’ni “ichki perevod”da bir davlat OTMdan boshqasiga o’tishga faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o’rtog’i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko’chmoqchi bo’lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko’chsa va turmush o’rtog’i yoki voyaga yetmagan farzandining o’qishini o’sha hududga ko’chirmoqchi bo’lsa.

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo’q.

Xorijdan o’qishni ko’chirishdagi tartib eskicha saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo’nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o’tish balini olishi talab etiladi;
2) mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirishga ruxsat berilmaydi.

O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o’qishni ko’chirishda ham eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo’nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o’tish balini olishi talab etiladi;
2) mos va turdosh bo’lmagan yo’nalish uchun esa bir martalik «super kontrakt» to’lab o’tishi mumkin.

Nodavlat OTMga o’qishni ko’chirishni esa davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini o’sha nodavlat OTMning o’zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o’qishni ko’chirish mumkin yoki mumkin emasligini o’sha OTMning o’zidan aniqlashtiring.

language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz