Ergahseva Zuhra Hamroyevna

Tel:  +998976984002

Email: zuhraergasheva75@mail.ru

Arxivarius lavozim vazifalari:

 

  • DTPI da arxiv ishlarini yuritish;
  • Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va foydalanish, tizimlashtirish;
  • Arxiv hujjatlarining ilmiy-amaliy qimmatini ekspertiza qilishni tashkil etish bo‘yicha ish yuritish;
  • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni ajratish;
  • Saqlash bo‘yicha muhlati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarni tuzish;
  • Arxivda bor hujjatlarga asoslanib arxiv ma’lumotnomasini berish, saqlash muddatlarini aniqlashtirish, hujjatlarga fond tartib raqamini berish;
  • Arxiv xonalarini tegishli yong‘inga qarshi ahvolda saqlash, yorug‘lik tushishini kuzatish;
  • Issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish, yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarning arxivga topshirilishini nazorat qilish, belgilangan hisobotni o‘z vaqtida topshirish, ish yuritish yo‘riqnomasini ishlab chiqish, DAK hujjatlarini qabul qilish, testdan yiqilgan abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish.
  • Arxivga kelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil etish;
  • Ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarni tarkibiy bo‘limlardan qabul qilish;
  • DTPI yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, arxivga topshiriladigan hujjatlarning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish, delolarni joylashtirish hisobini kuzatish;
  • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro‘yxatdan chiqarish, yo‘q qilish kabi ishlarni bajarish;
  • Arxiv hujjatlarining ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;
  • Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish, arxiv hujjatlariga asoslanib, ko‘chirmalar, nusxalar, ma’lumotnomalarni berish, so‘rovnomalarga javob berish.
  • Arxiv ishi haqidagi hisobotni tuzish uchun ma’lumot tayyorlash.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlar, DTPI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlar.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;

O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur

language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz