KAFEDRA MUDIRI
ISMATOV SUNNATULLO SHAMSULLAYEVICH
texnika fanlari doktori, professor v.b.
Elektron pochta: s.ismatov@dtpi.uz
Telefon raqami: +998 93 471 53 72
Telegram:
Qabul vaqti: Chorshanba, Payshanba – 14:00dan 16:00gacha
KAFEDRA TARIXI
Institut kengashining joriy yil 21-iyundagi 11-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2023-2024 o’quv yilida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 03.07.2023 yil № 108-PO‘ buyrug’i asosida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi tashkil etildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan.
KAFEDRADA O’QITILADIGAN YO’NALISHLAR
- 60710100 — Kimyoviy texnologiya (organik moddalar)
- 60530100 — Kimyo (turlari bo’yicha)
- 60720100 — Oziq-ovqat texnologiyasi
- 70530101– Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)
KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR
Hozirgi kunda kafedrada asosiy va ichki o‘rindoshlik shtatda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafar texnika fanlari doktori dotsent, , 8 nafar texnika fanlari nomzodi va texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar o’qituvchi va 2 nafar stajyor o’qituvchilardan iborat.
- Mamataliyev A.A. — texnika fanlari doktori, dotsent,
- Adinayev.X.A— texnika fanlari nomzodi,dotsent,
- Shukurov D.X. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
- Raximov A.X. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),,
- Bozorov I.I. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),,
- Kulbasheva X.X. — texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),,
- Iraliyev B.X. — texnika fanlari nomzodi,dotsent,
- Karimov X.R. — kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),
- Xusanov.B.M — kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),
- Raxmonov B.A. — o’qituvchi,
- Yo’lliyev D.T. — o’qituvchi,
- Qarshiyev N.X. — stajyor-o’qituvchi,
- Mamatov.Sh.Sh. — stajyor-o’qituvchi
KAFEDRA XALQARO ALOQALARI
2023-yilda respublikamizdagi yetakchi OTMlari Kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedralari hamda xorijiy davlatlar Kimyo va kimyoviy texnologiyalar ilmiy tadqiqot institutlari, jumladan, AOSIMI universiteti vakili texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Safarova Farzona Rajabaliyevna bilan darslar o’tilishi bo’yicha hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tojikiston Donishgoxi Milliy universiteti va Rossiya Tojikiston Slavyan universiteti Kimyo va kimyoviy texnologiyalari bilan ilmiy hamkorlik mavjud.
Xalqaro aloqalar bo‘yicha 2023-yilda kafedra mudiri dotsent S.Sh.Ismatov tashabbusi bilan Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi Tojikiston Respublikasi Tojikiston Donishgoxi Milliy universiteti Kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedralari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolangan.
Xalqaro aloqalar bo‘yicha 2024-yilda professor.v.b. S.Sh.Ismatov tashabbusi bilan Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi Tojikiston Respublikasi Texnologiya universiteti Kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedralari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolangan.
Respublikamizdagi yetakchi OTMlari kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedralari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy noorganik kimyo instituti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatilgan.
Surxondaryo viloyatidagi Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab, Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab internati, Surxonoziqovqatsanoati AJ korxonasi, Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ, Dehqonobod kaliy zavodi, Surxondaryodon mahsulotlari AJ va Sho‘rchidon MCHJ bilan hamkorlik mavjud.