KAFEDRA MUDIRI

MUSURMANKULOVA MADINA NOSIROVNA

pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

Elektron pochta: m.musurmankulova@dtpi.uz

Telefon raqami: +998 95 970 78 88

Telegram: @MadinaNosirovna

Qabul vaqti: Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha

KAFEDRA TARIXI

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2020-yildagi 21-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining  o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

KAFEDRA FAOLIYATI

  • 60111700 – O`zga tilli guruhlarda rus tili 
  • 60110800- Ona tili va adabiyoti: rus tili guruhlarda
  • 70111501 – Ona tili va adabiyoti:rus tili va adabiyoti
  • 70110801- Ona tili va adabiyoti:rus tili 

Bundan tashqari kechki ta`lim yo`nalishi hamda ikkinchi oliy ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ham talabalarga ta’lim berilmoqda.

KAFEDRA MAQSADI

Bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga ta’lim berish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdir.

KAFEDRA VAZIFALARI

          Rus tili va adabiyoti bo’yicha davlat ta’lim standartlariga  mos ravishda o’quv dasturi asosida rus tilini o’rganishning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga olgan ta’lim berish, shuningdek, adabiy rus tilini o’rgatish bilan birgalirda kundalik hayotda qo’llaniladigan zamonaviy tilni ham o’rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy  bilimga  ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish.

          Kafedra professor-o’qituvchilari mutaxassislik fanlari bakalavriat bosqichida 60111700 – Rus tili o`zga tilli guruhlarda va  magistratura bosqichida   70111501 – Ona tili va adabiyoti:rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarida rus tilida o’qitiladi.  Darslar 1, 2, 3 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida  tasdiqlangan jadval bo’yicha ma`ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra o’qituvchilari Hemis platformasida joylashtirilgan o’quv materiallarini tayyorlaydilar. Talabalarning faoliyati turli xil an’anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.

KAFEDRA ILMIY TADQIQOT ISHLARI

  • Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, o`quv qo`llanma va monografiyalar:
  • Salimov R.D. Rus tili va grammatika bo`yicha o`qish kitobi: yuridik fakulteti 1-bosqich barcha talabalari uchun o`quv qo`llanma. Dushanbe : RTSU, 2019.
  • Rasulova Z.X. Milliy maktabda rus tili darslarida nazoratni tashkil qilish. Metodik qo`llanma. Toshkent. Lambert, 2020.
  • Choriyeva Sh.T. Pedagogik mahorat asoslari. O`quv-metodik qo`llanma. Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2021.
  • Choriyev J.G. Rus tili: bakalavriyatning barcha yo`nalishlari talabalari uchun o`quv qo`llanma. Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2022.
  • Musurmankulova M.N. Bo`lajak rus tili o`qituvchilarining qiyosiy-shevali kompetensiyalarini mukammalashtirishning nazariy va amaliy-texnologik asoslari. Monografiya. Toshkent: “Metodist”, 2023.
  • Musurmankulova M.N. Hozirgi rus tili. Leksikologiya. Darslik. Toshkent: “Metodist”, 2024.
  • Musurmankulova M.N. Hozirgi rus tili tilshunoslik asoslari bilan. O’quv qo’llanma. Toshkent: “Metodist”, 2024.
  • Raxmanov B.R., Djurayeva N.M., Djurayeva M.M.  Rus adabiyotining qadimgi tarixi. XVII-XVIII asrlar. Darslik. Toshkent: “Metodist”, 2024.

KAFEDRA XALQARO ALOQALARI

          Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, Rossiya-Tojik (Slavyan) universiteti (RTSU), Altay davlat universiteti (ADU), Adigey davlat universiteti (AdigDU), N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat tilshunoslik universitet (NDTU), Denov shahridagi  Rossiya madaniyat markazi (RMM). Hamkorlik doirasida rus tilini o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.

Язык