KAFEDRA MUDIRI

SALOMOVA RA’NO VASSIYEVNA

professor, v.b

Elektron pochta: ra’nosalomova2020@dtpi.uz

Telefon raqami: +998 90 248 03 31

Telegram: @r_salomova_dtpi

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 14:00 dan 16:30 gacha

KAFEDRA TARIXI

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 4 – apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ—4681-sonli Qarori bilan tasdiqlangan  tarkibiy tuzilmaga muvofiq tashkil etilgan.Kafedra faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlariga, Institut Ustaviga, Ilmiy kengash qarorlariga, Institut rektorining buyruqlariga va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

KAFEDRADA O’QITILADIGAN YO’NALISHLAR

  • 60110500   – Boshlang‘ich ta’lim

KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI

        Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar dotsent 1 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar oʻqituvchi, 14 nafar stajyor-o‘qituvchi professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyat olib bormoqda. Kafedra oʻz faoliyati davomida respublikada yetakchi tarbiyachi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan hozirgi kunda bakalavriyatda 40 ta fandan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ushbu fanlardan 2 ta uslubiy qoʻllanmachop etilgan bo‘lib, ishchi dasturlar, oʻquv-uslubiy majmualar tayyorlangan.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI

  • Salomova Ra’no Vassiyevna  — professor v.b.
  • Eshkarayev Ulug‘bek Choriyevich — dotsent
  • Xolmirzayev Nomoz Nazirovich — oʻqituvchi
  • Ergasheva Oyjamol Jahongirovna  — oʻqituvchi
  • Atamurodova Qunduz Abdug‘anievna— oʻqituvchi
  • Umbarova Nasiba Xolboy qizi— stajyor-oʻqituvchi
  • Panjieva Muattar XXX—stajyor-oʻqituvchi
  • Djumaeva Zoxida Muhammadjonovna— stajyor-oʻqituvchi
  • Yusupov Anvar Alijonovich — oʻqituvchi
  • Do’stov Sunnatullo Raxmanovich — oʻqituvchi
  • Xushboqov Qobilbek Shokirovich — katta oʻqituvchi
  • Elmurodova Inoyat Abdumutalibovna —stajyor-oʻqituvchi
  • Azamqulov Axtamqul XXX — oʻqituvchi
  • Normurotova Aziza Karim qizi — stajyor-oʻqituvchi
  • Meliyeva Dilfuza O’ralovna— stajyor-oʻqituvchi
  • Ahmedov Alisher Xasan o’g’li— stajyor-oʻqituvchi
  • Amirqulov Azamjon Joniqul o’g’li— stajyor-oʻqituvchi
  • Ibragimova Nozima Ulug’bekovna—  stajyor-oʻqituvchi
  • Karimova Ozoda— stajyor-oʻqituvchi
  • Raxmonova Mavluda— stajyor-oʻqituvchi

KAFEDRA XALQARO ALOQALARI

        DTPI va Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston Pedagogika universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi hamda ushbu oliygohlarning “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedralari o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida bir guruh professor-o‘qituvchilar ilmiy-uslubiy tadqiqotlar borasida fikr almashish maqsadida  mazkur universitetga tashrif buyurishdi. Universitetda «O‘zaro yaqin hamkorliklar tamoyili — ilmiy salohiyat kafolati» mavzusida tashkillashtirilgan ilmiy-amaliy seminarda Tojikistonlik va O‘zbekistonlik OTMlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy ma’ruzalari tinglandi, fikr almashildi. O‘zaro hamkorlik uchrashuvi ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi ravnaqi uchun ahamiyatli bo‘ldi.

18-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Mazkur respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy  anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlar, Amerika Qo‘shma shtatlaridan va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyurishdi va ularning ayrimlari ZOOM platformasi orqali mavzu sho‘balariga aloqador onlayn(online) ma’ruzalar qilishdi.

Konferensiya qatnashuvchilaridan akademik va professorlar Ukraina Milliy Pedagogik Fanlar Akademiyasi akademigi V.Chudakova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori J.E.Usarov, Termiz davlat universiteti M.X.Shomirzayev, Texas universiteti professori D.R.Govindrao, Yevroosiyo milliy universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi A.Sh.Stibayeva, Yevroosiyo milliy universiteti katta o‘qituvchisii, pedagogika fanlari nomzodi K.U.Temirovlar Rossiya Federasiyasi, Ukraina kabi mamlakatlar, Amerika Qo‘shma shtatlari oliygoh-dorilfununlaridan o‘z ma’ruzalari bilan oflayn va onlayn shaklda qatnashishdi.

Joriy yilning 1-noyabr kuni Indoneziyaning Pendidikan universitetidan professor J. Julia DTPIga tashrif buyurdi.

 2-noyabr sanasida institutimiz rektori O.A.Ruziyev professorni qabul qilib, institutimiz bilan yaqindan tanishtirdi  va kelajakdagi hamkorlik rejalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida 2025-yilning birinchi choragidan boshlab talaba almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish, magistratura mutaxassisligi talabalariga ilmiy rahbarlik qilish hamda professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Pedagogika fakulteti va Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedralari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shundan so‘ng professor J. Julia tomonidan Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga «RESEARCH METHODS & PUBLICATION IN REPUTABLE INTERNATIONAL JOURNALS» (Tadqiqot usullari. Nufuzli xalqaro jurnallarda maqola nashr ettirish) mavzusida mahorat darsi o‘tildi.

Ushbu tashrif va hamkorlik kelajakda ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi.

Ushbu tashrif chog‘ida imzolangan memorandum bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiya a’zolari hozirda Indoneziyaning Pendidikan universitetida bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv davomida, DTPI talabalari Indoneziyaning Pendidikan universitetida onlayn va oflayn ta’lim olishlari, qisqa va uzoq muddatli oʻquv-kurslari, konferensiya va seminarlarda ishtirokini taʼminlash, ushbu xorijiy universitet bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini joriy etish, taʼlim jarayoniga har ikkala tomonning malakali mutaxassislarini jalb etish, xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib 144 soatlik malaka oshirish sertifikatiga ega bo‘lish, hammualliflikda ilmiy va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda Pedidikan universiteti tomonidan DTPI talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pendidikan Grant” loyihalarida ishtirok etish, talabalar almashinuvi va akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari delegatsiyaning barcha a’zolari tomonidan fanlar kesimida 200 dan ortiq talabalarga hamda mahalliy maktab o‘quvchilariga seminar va mahorat darslari o‘tildi.

Bundan tashqari delegatsiya a’zolari: R.V.Salomova, S.J.Saitov, A.K.Normurotova, B.Togayevlar 144 soatlik xalqaro malaka oshirish sertifikatiga ega bo‘ldilar.

KAFEDRA O'TKAZAYOTGAN OCHIQ DARSLARI

🏛 Pedagogika fakulteti 2-bosqich  Boshlang’ich ta’lim  yo’nalishi  202 BT- 23 guruhi talabalariga «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi o’qituvchisi Baxromova Shohsanam Ibodullayevna tomonidan Texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi fanidan «Quyosh panosini yaratish. Archa bezaklarini yashash» mavzusida ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. 

❇️ Ochiq dars mashg’uloti jarayonida talabalar o’zlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo’lishdi va savollariga javoblar olishdi. Jarayonni «Boshlang’ich ta’lim»  kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Normurodova, N.Umbarova, X. Allayeva, sirtqi bo’lim xodimlari  yaqindan kuzatib borishdi va  Amaliy mashg’ulot to’g’risida bildirilgan samimiy  fikr-mulohazalar bilan dars tahlili ijobiy yakunlandi.

Язык