Respublika oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini DTPI ga ko'chirayotgan talabalar ro'yxati

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti quyidagi  ish o‘rinlari  kafedra mudiri,  katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlariga tanlov E’LON qiladi:

Kafedra mudiri:

1. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi.

2. “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi.

3. “Moliya va raqamli axborot texnologiyalari” kafedrasi

4. “Tarix va falsafa” kafedrasi

5. “Tabiiy fanlar” kafedrasi

6. “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi mumkin.

Kafedralarning  katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlariga quyidagi o‘rinlar mavjud:

Oliy matematika kafedrasi: katta o‘qituvchi 1 nafar, o‘qituvchi  1 nafar.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi: katta o‘qituvchi  1 nafar, o‘qituvchi 

1 nafar.

Maktabgacha  ta’lim kafedrasi: katta o‘qituvchi 1 nafar,  o‘qituvchi 

1 nafar.

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi: katta o‘qituvchi  1 nafar, o‘qituvchi 1 nafar.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi: katta o‘qituvchi 1 nafar, o‘qituvchi 

1 nafar.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi: katta o‘qituvchi  1 nafar, o‘qituvchi 1 nafar.

Raqamli iqtisodiyot kafedrasi: katta o‘qituvchi 1 nafar, o‘qituvchi  

1 nafar.

Moliya va raqamli axborot texnologiyalari kafedrasi: katta o‘qituvchi (informatika) 1 nafar, o‘qituvchi (moliya) 1 nafar.

Tarix va falsafa kafedrasi: katta o‘qituvchi 1 nafar, o‘qituvchi 1 nafar.

Tabiiy fanlar  kafedrasi: katta o‘qituvchi  1 nafar, o‘qituvchi 1 nafar.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr diplomli mutaxassis, shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvon) ga ega bo‘lgan hamda bunday darajaga va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin. 

O‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi shart:

-Rektor nomiga ariza.

-Pasport nusxasi.

-Ma’lumotnoma (ob’ektivka).

-Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa.

-Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi.

-Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek, ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari.

-Ilmiy ishlar ro‘yxati.

-Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar.

Izoh: hujjatlar institut rasmiy saytida e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri va onlayn qabul qilinadi.


Manzil: Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360 uy. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ma’muriyati, 


Xodimlar bo‘limi  telefon raqamlari: +998919669464 

+998905202102