Seminar trening
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti quyi va yuqori kurslar kafedrasining mudiri Valisher Tangriyev va Dilshod Togʻaymurodov 2025-yil 9–11-yanvar sanasiga qadar Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan “Accelerating English Language Learning in Central Asia” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir British Council hamda NILE (Norwich Institute for Language Education) hamkorligida, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida tashkil etildi.
🔰 Seminarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar malakasini oshirish (CPD) va reflektiv amaliyot (reflective practice) usullarini PRESETT dasturlarida qo‘llashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tadbir davomida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar muloqot qilish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.