Jaholatga qarshi ma’rifat
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakultetitida «Jaholatga qarshi marifat» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
🖌 Tadbirda Choriyev Rustam G‘ofurovich — Surxondaryo viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha majmuasi kotibiyat mudiri, Haydarov Odil — Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali direktori, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Jo‘raev va profilaktika inspektori O.Toshtemirovlar ishtirok etib, davra suhbati davomida ishtirokchilarga diniy mutaassiblik, radikalizm kabi tushunchalarning asl mazmun mohiyati diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari hamda diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish haqida so’z yuritildi.
✅ Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
🔷 Tadbir yakunida “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.