Xalqaro hamkorlik
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamkorligida “Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi rahbari Mahliyo Shodiyeva va loyiha mutaxassisi Kabir Yusupov hamda Afgʻoniston Barlos universiteti rektori Xayr Muhammad Xayriy Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar tashrif davomida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etilgan “Hind Markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar bilan fikr-mulohaza almashishdi.