Xalqaro hamkorlik
⚡️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamkorligida “Afg’oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi rahbari Mahliyo Shodiyeva va loyiha mutaxassisi Kabir Yusupov hamda Afgʻoniston Barlos universiteti rektori Xayr Muhammad Xayriy Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
✅ Tashrif davomida dastlab mehmonlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlaring bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan soʻng institut hududiga manzarali koʻchatlar ekishdi.