DTPIda “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazildi
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazildi.
🎓Tanlov 2 bosqichda (test va yopiq test shaklida) bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rin Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi Usarova Marg‘iyonaga,
🥈-o’rin Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi Boymamatova Rayhonaga
🥉-o‘rin Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Umrqulov Adhamga nasib etdi.
13