Ochiq muloqot
🏢 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti bitiruvchi talabalari bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazildi.
✅ Filial xodimlari tomonidan nomzodlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, jumladan, vacancy.argos.uz portalidan foydalanish, davlat xizmatiga ishga kirish, uni o‘tash tartiblari tushuntirildi. Jumladan, tizimdan ro‘yxatdan o‘tish, ma’lumotlarni qo‘yish, yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish, “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksi, davlat xizmatlari uchun yaratilgan interaktiv xizmatlar portalidan foydalanish o‘rgatildi.
❇️ Ochiq muloqotda institutimiz rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etdi va o‘z tavsiyalarini berdi.
🖌 Muloqot yakunida talabalar tushgan savollarga javoblar olishdi.