REKTOR TABRIGI


💐 Hurmatli institutimiz jamoasi!


Go’zal diyorimizga yangi – 2022-yilning kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Biz yangi yil ostonasida turibmiz, bu palla har bir inson uchun o’tgan umr, shu bilan birga ish faoliyatimizning sarhisob pallasidir. 


⌛️ Qisqa muddat ichida institutimiz ko’zga ko’rinarli yutuqlarga erishdi: 5 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 8 ta ixtisoslik bo‘yicha stajor-tadqiqotchilik hamda doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Undan tashqari 2021-yil davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 445 dan ortiq maqola, monografiya, darslik, o’quv qo’llanmalar nashr etilib, turli konferensiyalarda to‘rt yuzdan ortiq tezislar e’lon qilindi. Natijalar oldingi yillar bilan solishtirilganda, umumiy 20 foizga o‘sish kuzatildi. Kelayotganda yilda ham bizni ulkan maqsad-rejalarimiz kutmoqda! Bu yo’lda biz, albatta, institutimiz jamoasining birdamlik va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qila olish kabi fazilatlariga suyanamiz!


🎗Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni kirib kelayotgan go’zal bu ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman! Kirib kelayotgan 2022-yil ona diyorimizga, shuningdek, bizning Denov tadbirkorlik va pedagogika institutimizga ham fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! 

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!


                             G’anisher Raximov

                   Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

1 comment

Send your Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz