Aholini Ro’yxatga olish

2023 yilda yurtimizda aholini ro‘yxatga olish jarayoni qanday amalga oshiriladi
July 14, 2022
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi.

Ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya’ni bundan bu yog‘iga qog‘ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratiladi.

Ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita ayni ular mas’ul bo‘ladi va shakllantirilgan ma’lumotlar real bo‘lishi shart. Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar har xil yoshda va kasbda bo‘lishi, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar bo‘lishi mumkin.

Yoshi va kasbidan qat’i nazar, aholini ro‘yxatga oluchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi va zarurat tug‘ilsa, ularga qo‘shimcha maslahatlar beriladi. Aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar amaldagi hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi. Jarayonni davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga binoan, yakuniy ma’lumotlarni uch tilda e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Chora-tadbirlar dasturida aholini ro‘yxatga olish natijalarini rasmiy chop etish, tarqatish, axborot bilan ta’minlash va e’lon qilish, aholini ro‘yxatga olishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash muddati 2025 yil 1 dekabrga qadar, deb ko‘rsatilgan. Ya’ni ma’lumotlar bilan tanishishning oxirgi chegara muddati belgilangan. Biroq agarda tezkor faoliyat yuritilsa, ushbu muddatdan oldin ham e’lon qilish imkoniyati mavjud.

2022/2023 oʼquv yili uchun quyidagi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga malakali pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga taklif etadi

E’LON
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
2022/2023 oʼquv yili uchun quyidagi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga malakali pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga taklif etadi:

Bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari:
60110100 – Pedagogika;
60111300 – Musiqa taʼlimi;
60112200 – Jismoniy madaniyat;
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
60410500 – Bank ishi va audit;
60610500 – Kompьyuter injiniringi, (“Kompьyuter injiniringi”, “АT servis”, “Аxborot xavfsizligi”, “Multimediya texnologiyalari”);
60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʼyicha);
60730300 – Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi;
60811300 – Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʼyicha);
61010400 – Turizm (faoliyat yoʼnalishlari boʼyicha).

Magistratura mutaxassisliklari:

70110102 – Pedagogika va psixologiya;
70111401 – Oʼzbek tili va adabiyoti;
70220301 – Tarix (yoʼnalishlar va sohalar boʼyicha);
70310102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha);
70411302 – Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA);
70530101 – Kimyo (fan yoʼnalishi boʼyicha);
70530901 – Fizika (yoʼnalishlar boʼyicha).

Tanlovda ishtirok etish uchun qoʼyidagi hujjatlar tanlov komissiyasiga offlayn/onlayn taqdim etiladi:

 Maʼlumotnoma – obʼektivka;
 Mutaxassisligi boʼyicha diplom nusxasi (nufuzli TOP-1000 talik oliy taʼlim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritgan nomzodlarga tanlovda ustuvorlik beriladi);
 Ixtisoslik boʼyicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvon diplom nusxalari (agar mavjud boʼlsa, tanlovda ustuvorlik beriladi);
 Xorijiy tillarni bilish sertifikati (agar mavjud boʼlsa, tanlovda ustuvorlik beriladi);
 Ilmiy maqolalar roʼyxati (oxirgi 3 yilda, Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda chop etilgan maqolalarga ustuvorlik beriladi).

Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda – nomzodlarning hujjatlari oʼrganiladi (skrining).
Ikkinchi bosqichda – tanlab olingan nomzodlar bilan suhbat va sinov darslari olib boriladi.

Tanlov hujjatlarini qabul qilish 2022 yil 01 avgustgacha.

Manzil: Surxondaryo viloyati Denov tumani, Sh.Rashidov koʼchasi 360-uy.
Batafsil maʼlumot olish uchun institut Xodimlar boʼlimining quyidagi telefon va telegramm raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: (91) 966-94-64; (99) 377-05-45
Telegramm: (91) 966-94-64; (99) 377-05-45.

language

Salom

Sizlar uchun telegram kanalimiz doimiy aloqada

Bizning telegram kanalimiz