E’lon
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’limga 2022 yil uchun Tayanch doktorantura, Mustaqil izlanuvchilikka “(PhD)” ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI:
1.08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 1,
2. 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 2,
3. 01.01.01 – Matematik analiz 1,
4. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi 1,
5. 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 1,
6. 10.00.04- Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti 1,
7. 03.00.10-Ekologiya 1,
8. 05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va
dasturiy ta’minoti 1.
Tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan institutga murojaat qiladi:
- Ariza.
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (PhD) (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma.
- Pasport nusxasi.
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Hujjatlar 2021 yilning 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi.
Manzil: Surxondaryo vil., Denov sh., Sh.Rashidov ko’cha., 360. Index: 190507. Tel: 76-41-39-024, Faks:76-41-39-027, Telegram:99-883-73-92