PEDAGOGIKA FAKULTETI

Hozirgi kunda fakultetda: 5111300-Ona tili adabiyot (rus tili) ta`lim yo`nalishi, 5111700-Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi, 5111800- Maktabgacha ta`lim yo`nalishi, 5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi, 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Fakultetda jami bo`lib 759 nafar talabalar taxsil olishadi.

Pedagogika fakulteti talabalaridan 2 nafari boks sport turi bo’yicha, 1 nafari esa suzish sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionlari ta’lim olib kelmoqda. Fakultet tasarrufida 2 ta kafedra: Umumiy tilshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim  kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Fakultetning malakali professor o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan: fan, ilmiy, amaliy, o‘quv to‘garaklari faoliyat yuritib kelayotir. Pedagogika fakultetida kafedralar qoshida qiziqarli ilmiy, o‘quv, fan to‘garaklari, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida “Mohir qo‘llar”, “Yosh bilimdon” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.

FAKULTET TARIXI:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi “Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish to’g’risida” gi 171-son qarori asosida tashkil etilgan. Termiz davlat universiteti Denov filialini tashkil etish yuzasidan, Surxondaryo viloyati hokimi va Denov tumani hokimi qarorlari ishlab chiqilgan hamda filial uchun muhr va shtamplar olingan, hisob raqamlari ochilgan.

Kunduzgi bo’lim talabalarini 1-kurs yuklamasini 2018 yilning iyul oyi yakuniga qadar bajarish bo’yicha moslashtirilgan o’quv rejalar ishlab chiqildi.

         Termiz davlat universiteti Denov filiali nizomi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 23-apreldagi 365 sonli buygrug’iga asosan tasdiqlandi. 2018 yilning 1 fevralidan filialda o’quv mashg’ulotlari boshlandi. 2018 yil 1 avgustdan barcha o’quv yuklamalari bajarilib, talabalar ta’tilga chiqarildi.

         Filialda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning yashash sharoitlari o’rganilib uy-joyga muxtojlari ro’yxati shakllantirilib, Denov tumani hokimligiga jami 14 nafar professor o’qituvlarga arzonlashtirilgan va imtiyozli ipoteka kreditlari asosidagi uy joylar bilan ta’minlash to’g’risida murojaati Denov tuman hokimligi tomonidan ro’yxatga olindi.

         Moslashtirilgan o’quv rejalar asosida o’quv yuklamalari shakllantirilib 2 ta kafedra-

“Maktabgacha ta’lim va gumanitar fanlar” hamda “Boshlang’ich ta’lim va aniq fanlar” kafedralariga taqsimlandi. Kafaedralarning shtat birliklari aniqlanib, fanlardan mashg’ulotlarni olib borish uchun filial joylashgan hududga yaqin bo’lgan tumanlardan ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan malakali mutaxassislar bilan birgalikda Termiz davlat universitetidan 2 nafar fan doktori, professor, 9 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 5 nafar o’qituvchilar jalb etildi.

2018/2019 o’quv yilidan boshlab, Filialga talabalarni qabul kvotalarini aniqlash uchun Qumqo’rg’on, Oltinsoy, Sho’rchi, Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari Xalq ta’limi bo’limlariga qarashli maktablarda fan o’qituvchilariga bo’lgan extiyojni aniqlash maqsadida rasmiy xat bilan murojaat qilindi. Tegishli tumanlar kesimida umumiy o’rta-ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida fan o’qituvchilariga bo’lgan extiyoj olinib, 2018/2019 o’quv yili qabul rejasi uchun istemolchilar ro’yxati va ularga taqsimlanadigan talabalar soni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborildi.

          2018/2019 o’quv yilida hujjat topshirishni istagan abiturientlar uchun Filialda bepul maqsadli tayyorlov kurslari tashkil etilib, ushbu kurslarda 110 nafar abiturient o’qitildi.

         Termiz davlat universiteti Denov filialining tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

 

           Filialning 2018 yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9-martdagi 87-04/118-IK–sonli kartochkasi bilan ro’yxatdan o’tgan.

Hacker Blog Oyun Hileleri Hack Haber