2020-2021 o'quv yiliga respublika oliy ta'lim muassalaridan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga turdosh ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qishi ko'chirilishi ruxsat etilgan talabalar 

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi

Talabalar oʼqishini koʼchirish uzrli sabablarga koʼra (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush oʼrtogʼi doimiy yashaydigan (pasport boʼyicha doimiy roʼyxatdan oʼtgan) hududga koʼchib oʼtganda, turmush oʼrtogʼi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʼtash joyini oʼzgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush oʼrtogʼi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʼquv mashgʼulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:

oʼqishini koʼchirish boʼyicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizani koʼrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

Oʼqishini koʼchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-koʼchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʼnalishi (mutaxassisligi), oʼquv tili va shakli koʼrsatilgan holdagi ariza (arizada oʼqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʼnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʼyicha oʼqishga kirmaganligi, koʼchirish (qayta tiklash) sabablari, koʼchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʼrsatiladi);

-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;

-pasportning nusxasi.