[:uz]вввв[:]
 

 

 


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

 

 

 

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA

SOHASI XODIMLARINING

“TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA”

ILMIY-USLUBIY JURNALINING TAHRIRIYAT

NIZOMI

 

 

 

 

 

 

 

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 1-sonli yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

                                 DENOV-2020

 

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1.“TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA” — Respublikadagi tadbirkorlik va pedagogika sohasi xodimlari uchun mo‘ljallangan ilmiy-metodik jurnaldir. Muassis Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hisoblanadi.

1.2.Mazkur Nizom “TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA ” jurnali (matn davomidagi nomi “Tahririyat”) faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy asoslarini belgilaydi.

1.3.TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA” jurnali tahririyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun, muassis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.

1.4.Tahririyat o‘z faoliyatini amalga oshirishda kasb mustaqilligiga asoslanadi va muassis bilan doimiy hamkorlik qiladi. Amaldagi qonunlarda, mazkur Nizomda, ta’sis shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda Muassis tahririyat ishlariga aralashmaydi.

1.5.     “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga binoan jurnal materiallari senzuradan xolidir.

1.6.Nizom Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 1-sonli yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan.

II. MUASSISNING HUQUQLARI VA VAZIFALARI

2.1. Muassisning ommaviy axborot vositasini ta’sis etish bilan bog‘liq barcha harakatlari, ularning huquqlari, maqsad va vazifalari, davlat hamda jamiyat oldidagi mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunlari asosida belgilanadi. Muassis, noshir va tahririyat o‘rtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga mos ravishda tuzilgan ta’sis shartnomalari asosida o‘rnatiladi.

2.2. Muassisning huquqlari va majburiyatlari:

Muassis quyidagi huquqlarga ega:

ta’sis shartnomasi, ustav (nizom) va qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositasining ishlarini boshqarishda ishtirok etish;

qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar taqsimotida ishtirok etish;

ommaviy axborot vositasini muassis yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmui sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;

ommaviy axborot vositasi muharririni (bosh muharririni), shuningdek tahrir hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish;

eng katta hajmi va e’lon qilish muddati tahririyat ustavida (nizomida) yoki ta’sis shartnomasida belgilanadigan xabarni yoki reklama tusida bo‘lmagan materialni o‘z nomidan bepul joylashtirish;

ommaviy axborot vositasi tugatilgan yoki ommaviy axborot vositasining faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.

Muassis quyidagilarni bajarishi shart:

ommaviy axborot vositasining ustavini (nizomini) tasdiqlash;

ommaviy axborot vositasi tahririyati bilan shartnoma tuzish;

ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Muassis senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga yoki tahririyatning ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek, ommaviy axborot vositasining ishlab chiqarilishi va tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas, ta’sis shartnomasida yoki ustavda (nizomda) nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qonun hujjatlariga muvofiq muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

     tahririyat ishlarini olib borish uchun bosh muharrir tavsiya qilgan bosh muharrir o‘rinbosari, mas’ul kotib, muharrir, dizayner, musahhih va kompyuterda teruvchi, sahifalovchini ishga qabul qiladi, tahririyatning shtat jadvalini belgilaydi va budjetdan tashqari mablag‘ hisobidan maosh bilan ta’minlaydi;

— jurnalni chop etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni oldindan to‘lashni o‘z zimmasiga oladi;

alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, hukumat mukofotlariga taqdim etish;

jurnalni sotishdan tushgan mablag‘ jurnal faoliyatini yanada kengaytirish va takomillashtirishga sarflanadi.

Jurnal tahririyatining amaliy faoliyati muassislarning o‘z burch va vazifalarini belgilovchi asosiy omildir.

Muassis tahririyatning kasb mustaqilligi doirasidagi majburiyatlari uchun javob bermaydilar. Tahririyat muassisning kasb mustaqilligi doirasidagi majburiyatlari uchun javob bermaydi.

 

III. “TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA” JURNALINING MAQSAD VA VAZIFALARI

3.1. “TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA” jurnalining maqsadi: Jurnalda tadbirkorlik, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, bank ishi, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, maktabgacha ta’lim, pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, asliyatdan tarjima ruknlari bo’yicha Respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi va yangiliklarni ilmiy jamoatchilikga yetkaziladi. Gumanitar va aniq fanlar sohasini ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o’ziga xos maydon taqdim etadi.

Jurnal vazirlik tasarrufidagi o‘quv yurtlarida tadbirkorlik va pedagogikaga oid fanlarni zamon talablari darajasida rivojlantirish, uni milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari bilan boyitish va shu fan yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-metodik yangiliklarni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

Mazkur nashr “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan barcha masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish; milliy hamda jahondagi tadbirkorlik va pedagogika muammolariga doir ilg‘or nazariyalar, ilmiy fikrlar, metodika va amaliyotni hayotga joriy etishda targ’ibotchi va tashviqotchi sifatida faoliyat ko‘rsatishdan iborat.

Tahririyat o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish bilan birga, tahririyat xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha manbalar yaratish maqsadida muassislar bilan birgalikda amaldagi qonunlarga asoslangan holda turli ilovalar, bukletlar, taqvimlar, plakatlar va boshqa shu sohaga oid qo‘llanmalar nashr qiladi.

IV. NOSHIR

            4.1. Muassis, tahririyat va noshir o‘rtasidagi barcha ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlar amaldagi qonunlar va o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida o‘rnatiladi.

V. ISHLAB CHIQARISH VA MOLIYAVIY FAOLIYAT

            5.1.    Tahririyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti muassisligida tashkil etilib, universitet tarkibida faoliyat yuritadi.

5.2. Tahririyatning huquqiy manzili: Surxondaryo vil., Denov sh., Sh.Rashidov ko’cha., 360 uy.  

            5.3. Mulkni hosil qilish manbalari quyidagilardir:

    jurnal tirajini sotishdan yoki qo‘shimcha bosilgan tirajni o‘z agentlari orqali sotishdan tushadigan daromad;

    obunadan tushadigan daromad;

    bank va boshqa kredit beruvchilarning kreditlari;

      qaytarilmaydigan va xayriya badallari, tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning beg‘araz moddiy yordamlari;

    homiylardan tushgan mablag‘lar;

      ushbu Nizomda belgilangan faoliyatlarning amalga oshirilgan barcha turlaridan tushgan mablag‘lar;

    qonunlarga zid kelmaydigan boshqa manbalar.

5.4. Tahririyat ishlab chiqargan mahsulotlar va boshqa qonun-qoidalarga hamda muassis bilan tuzilgan ta’sis shartnomalariga zid kelmaydigan faoliyatlardan tushgan daromadlar, muassis bilan kelishilgan holda va u bilan tuzilgan shartnomalar asosida taqsimlanadi.

5.5.             Tahririyat jurnalning bir soni narxini, shuningdek, u bajarayotgan boshqa ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bahosini muassis bilan kelishgan holda belgilaydi.

 

VI. TASHKILIY MASALALAR

          6.1. Tahririyat ijodiy, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq asosiy masalalarni tahrir hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqadi va hal qiladi.

          6.2. Tahrir hay’ati tarkibiga: bosh muharrir (rais), bosh muharrir o‘rinbosari, mas’ul kotib va tahririyatning ayrim a’zolari, muassis, jamoatchilik vakillari kirishlari mumkin. Tahrir hay’ati tarkibi (bosh muharrirdan tashqari) va undan boshqa o‘zgartirishlar bosh muharrir tavsiyasiga ko‘ra Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori tomonidan tasdiqlanadi.

          6.3. Tahririyat kengashi jurnalning ijodiy, noshirlik, tijorat va moliyaviy faoliyat ko‘rsatishida ko‘maklashuvchi maslahatchilar guruhidir.

6.4. Bosh muharrir:

    tahrir hay’ati va tahririyat jamoasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Ta’sischilar, noshir, muallif, davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari, fuqarolarning boshqa hamjamiyatlari bilan bo‘lgan aloqalarda tahririyatning vakili sifatida ishtirok etadi;

      jurnal ehtiyojidan kelib chiqib, barcha ijodiy, texnik va boshqa xodimlarni ishga tavsiya etadi;

    jurnalga taalluqli bo‘lgan masalalarni ta’sis shartnomasi va Nizomga asosan hal qiladi.

          6.5. Tahririyat jamoasi barcha xodimlar: bosh muharrir, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib, muharrirlar, dizayner, musahhih va boshqa maslahatchilardan tashkil topadi.

Tahririyat jamoasi o‘z huquqlari doirasiga kiradigan barcha masalalarni umumiy majlisda hal qiladi.

          6.6. Tahririyat jamoasi mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan ishlayotgan fuqarolardan iborat bo‘ladi.

VII. TAHRIRIYATDAGI MEHNAT MUNOSABATLARI

            7.1. Mehnat jamoasining mehnat huquqlari va majburiyatlari (burchlari) amaldagi qonun, mazkur Nizom, ichki tartib-qoidalar, lavozimga taalluqli yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.

            7.2.      Bosh muharrir ijodiy xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektoriga tegishli takliflar kiritadi.

VIII. “TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA JURNAL NASHRINING TO‘XTATILISHI

            8.1. “TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA jurnalni chiqarilishini to’xtatib turish yoki tugatish muassis arizasi asosida sudning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.

            Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tahririyat ustavida (nizomida) yoki muassis va tahririyat o’rtasida tuzilgan hollarda hamda tartibda to’xtatib turish yoki tugatishga haqlidir.

8.2.      TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA” jurnali muassislar qarori bilan to‘xtatilgan taqdirda ishdan bo‘shagan xodimlarga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan barcha mehnat kafolati huquqlariga rioya qilinadi.

IX. YAKUNIY QOIDALAR

          9.1. Mazkur Nizom muassislar tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.

9.2. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

9.3. Nizom va Ta’sis shartnomasi bir-birini to‘ldiradi.

 

9.4. Ushbu Nizom o‘zbek tilida, teng huquqiy kuchga ega bo‘lgan uch nusxadan iborat.

Shell İndir Oyun Dunyası