Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
NIZOMI

1-BOB. Umumiy qoidalar

 

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-martdagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq mazkur Nizom institutning ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limining maqsad, vazifa, funksiya  va faoliyatini, huquq va majburiyatlarini hamda mas`uliyatini belgilaydi.
  2. Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi (keying o’rinlarda tijoratlashtirish bo’limi) institutning tuzilmaviy bo’limi hisoblanadi.
  3. Tijoratlashtirish bo’limining faoliyati O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va me’yoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan, oliy ta’lim muassasining buyrug’i va farmoyishlari bilan ichki tartib qoidalarga amal qilgan holda mazkur Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
  4. Tijoratlashtirish bo’limini oliy kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan boshliq boshqaradi. Bo’lim boshlig’i institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor taqdimotiga ko’ra rektor buyru’i bilan tayinlanadi va bo’shatiladi.

 

2-BOB. Faoliyatning maqsadi va asosiy yo‘nalishlari

 

  1. Tijoratlashtirish bo’limi institut huquqiga tegishli bo’lgan ilmiy innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy tadqiqot faoliyat natijalarini (keying o’rinlarda ITF) tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
  2. Tijoratlashtirish bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
    • bozorning tizimli tahlili va innovatsion mahsulotlarga bo’lgan ehtiyoj (ishlarga, xizmatlarga), innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog’liq o’zini oqlash muddatini, rentabinlik va xatarlarni baholash;
    • rivojlanish uchun istiqbolli, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor loyihalarni tanlash;
    • innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish;
    • yangi texnologiyalrni joriy etish va innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.
    •  

3-BOB. Funksiyalari

 

  1. Tijoratlashtirish bo’limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
  • belgilangan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriluvchi institut ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchi, yordamchi va ishlab chiqarish xodimlarini, doktorantlarni, talabalarni hamda chetdagi tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish va buyurtmachilarga oliy ta’lim muassasasi taqdim etadigan xizmatlarni;
  • Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish, shu jumladan intellektual mulk ob’yektlarini patentlash va ro’yxatdan o’tkazish uchun arizalarni tayyorlash, rasmiylashtirish va topshirishni o’z ichiga olgan ishlarni olib boradi;
  • joriy qonunchilikda nazarda tutilgan intellektual mulk ob’yektlar mualliflari bilan shartnoma tuzishni tayyorlaydi va ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
  • institut ishlanmalari va ITF natijalari to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va ma’lumotlar ba’zasini kiritishlarni, intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni amalga oshiradi;
  • ITF va innovatsion loyihalar natijalarini ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion potensiallarning ekspertizasini, tahlilini va baholashini tashkil etadi. Eng ahamiyatli va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlaydi;
  • intellektual mulkni boshqarish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqarishni amalga oshiradi, bu jarayon innovatsion siklni barcha bosqichlarida ITF natijalariga huquq uzatish va taqsimotni qayd etishni o’z ichiga oladi;
  • texnologiyalarni transfer etish sohasida, innovatsion loyihalarni va biznes rejalarni tayyorlashda, raqobatbardosh ustunliklarni va tavakkallikni baholashda, ITF natijalarini huquqiy himoyasini ta’minlashda, potensial investorlarni izlashda konsultativ xizmatlar ko’rsatadi;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba – konstruktor ishlarining bajarilishi to’g’risida, pudrat, hamkorlik faoliyati, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik hamda intellektual mulk masalalariga institut tuzgan boshqa shartnomalar to’g’risida bo’linmalarni tayyorlaydi va nazorat qiladi;
  • institut intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanish faktlarini aniqlaydi va ko’rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etishga va keltirilgan zararni qoplashga yo’naltirilga takliflarni ma’muriyatga chora ko’rish uchun kiritadi;
  • institut intellektual mulk ob’yektlariga mulkiy huquqlarini himoya qilishga hamda ularning mualliflarini mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishga ko’maklashadi;
  • institut xodimlariga va intellektual mulk sohiblariga ularga tegishli bo’lgan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishda informatsion va huquqiy maslahat, shu jumladan amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar doirasida yordam beradi;
  • institut ishchilari o’rtasida intellektual mulk sohasida o’quv ishlarini tashkil etadi;
  • institut axborot resusrs markazida o’z faoliyati profili bo’yicha me’yoriy, uslubiy va patent ishlarini tartibga soladi;
  • institut byudjet loyihasiga kashfiyot va patent-litsenzion faoliyatini bo’linmalari bo’yicha, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo’yicha takliflar tayyorlaydi va rektorga kiritadi;
  • intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog’liq masalalar to’g’risida hujjatlarni ishlab chiqadi;
  1. Tijoratlashtirish bo’limi 7-bandda nazarda tutilgan funksiyalarni bajarishning majburiy ustuvorligi bilan uchinchi tomon tashkilotlari va jismoniy shaxslarning buyurtmalari bo’yicha o’z faoliyatining profiliga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishi mumkin.

4-BOB. TIJORATLASHTIRISH BO’LIMI FAOLIYATINI

QO’LLAB QUVVATLASH

  1. Tijoratlashtirish bo’limi xodimlarining ish haqi institutda qabul qilingan ish haqi tizimi va shakillariga muvofiq belgilanadi. Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi xodimlarining mehnatiga haq to’lashga DTPIning mehnatha haq to’lash va moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Nizomiga muvofiq belgilangan qo’shimcha to’lovlar, nafaqalar va boshqa rag’batlantiruvchi to’lovlar kiritilishi mumkin.
  2. Tijoratlashtirish bo’limi xodimlari tanlov asosida ishga qabul mqilinadi.
  3. Innovatsion yo’nalish bo’yicha xodimlarning lavozimlari tasniflagichda belgilangan lavozim va kasblar ro’yxatidan aniqlanadi.
  4. (Ishchi xodimlarni yollanma tarzda ishga qabul qilish kiritilishi lozim)

Tijoratlashtirish bo’limi faoliyati institut innovatsion jamg’armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

 

5-BOB. Huquq va majburiyatlari

  1. Tijoratlashtirish bo’limi quyidagi huquqlarga ega:
    • o’rnatilgan tartibda institutning boshqa bo’linmalaridan bo’linma ishi uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar va ma’lumotlarni oladi;
    • intellektual mulk ob’yektlarini yaratish, muhofaza qilish va sotish bilan bog’liq faoliyatini takomillashtirish, xodimlarni ragbatlantirish, xodimlarning institutning amaldagi qonunchiligi va me’yoriy hujjatlarining buzilganligi yoki noto’g’ri bajarilganligi uchun javobgarlikka tortilishi bilan bog’liq faoliyatini takomillashtirish bo’yicha DTPI rahbariyati va tarkibiy bo’linmalar rahbarlariga takliflar kiritish;
    • Intellektual mulk sohasi bo’lim boshliqlaridan va mansabdor shaxslardan intellektual mulkning himoyasini ta’minlash bo’yicha zarur harakatlarni amalga oshirishni talab etish;
    • O’zbekiston Respublikasining qonun aktlari talablarini yoki intellektual mulk sohasida kelishilgan majburiyatlarda buzilish mavjud bo’lganda, ularni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish to’g’risida rahbariyatga axborot kiritish;
    • DTPIni o’z vakolatlari doirasida va tashqi tashkilotlarda o’z rahbariyati nomidan ta’minlash
  2. Tijoratlashtirish bo’limi xodimlari:
    • institutning o’quv ilmiy va ma’muriy bo’limlari xodimlariga tijoratlashtirish bo’limining vakolatlari doirasida va bajariladigan funktsiyalarga muvofiq konsalting, huquqiy axborot yordamlarini ko’rsatish.

 

6-BOB. JAVOBGARLIK

  1. Tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i tarkibiy bo’linma tomonidan o’z zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni o’z vaqtida va sifatli bajarishi, amaldagi qonunchilik va institut Nizomiga muvofiq berilgan huquqlardan foydalanish va maxfiyligi uchun javobgardir.
  2. Tijoratlashtirish bo’limi xodimlari o’zlarining ish majburiyatlariga muvofiq, o’z ishlarining sifati va samaradorligi uchun, o’zlarining rasmiy vazifalari natijasida ma’lum bo’lgan maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilishlari uchun javobgardirlar

 

7-BOB. INSTITUT KAFEDRALARI VA BOSHQALAR

BILAN MUNOSABATLAR

 

  1. Tijoratlashtirish bo’limi o’z vazifalarini institutning ilmiy, o’quv va ma’muriy bo’limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi:
    • institutning doktorantlari, ilmiy va o’quv bo’linmalari tijoratlashtirish bo’limiga tadqiqot faoliyati natijasida olingan ilmiy-texnik mahsulotlar to’g’risidagi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etadi;
    • ma’muriy bo’linmalar tijoratlashtirish bo’limiga me’yoriy-tashkiliy hujjatlar va intellektual mulk masalalarida DTPIning boshqa korxonalar bilan aloqalari to’g’risida ma’lumot taqdim etadi;
    • tijoratlashtirish bo’limining DTPIning boshqa tarkibiy bo’linmalari bilan aloqalari institut rektori tomonidan tasdiqlangan faoliyatini tijoratlashtirish bo’limi to’g’risidagi Nizom bilan belgilanadi;
    • tijoratlashtirish bo’limining uchinchi tomon tashkilotlari bilan aloqasi institut tomonidan tijoratlashtirish bo’limining vakolatiga kiradigan shartnomalar shartlari v ichki me’yoriy-huquqiy va tashkiliy hujjatlar bilan belgilanadi.

8-BOB. TIJORATLASHTIRISH BO’LIMINI

QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH

  1. Tijoratlshtirish bo’limi o’z faoliyatini institutning ichki me’yoriy, tashkiliy va ma’muriy hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
  2. Tijoratlshtirish bo’limi DTPI rektorining buyrug’i bilan qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
  3. Ushbu Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar institut rektorining buyrug’i bilan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorning taklifiga binoan kiritiladi.