Diqqat E'lon!

🏛  Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti ayol professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida 2024-yil 5-mart kuni ayollar o‘rtasida Sportning valeybol turi bo‘yicha “DTPI Kasaba uyushmasi ko‘chma Kubogi” musoboqasi bo‘lib o‘tadi.

🏆  Musobaqaga institutimizning barcha ayol professor-o‘qituvchilari va xodimlarini taklif etamiz. G‘olib jamoalar Kasaba uyushmasi tomonidan Kubog, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

⏰O’tkazilish vaqti: 14:00.

📌 Manzil: Sharof Rashidov ko’chasida joylashgan binoning sport inshooti.

Diqqat E'lon!

Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 12-mart  soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100003, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy.

Tel.: (99871) 239-01-49, faks: (99871) 239-41-23.

e-mail:  tdiu@tsue.uz

Diqqat E'lon!

     Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga bo’lgan muhabbatini yanada oshirish, jamoatchilik, fidoiylik fazilatlarini yuksaltirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning intellektual va ijodkorlik salohiyatini namoyon etishlariga imkon yaratish maqsadida «Vatanparvarlik — oliy fazilat» mavzusida videoroliklar tanlovi haqida e’lon qilamiz.

✅ Tanlovga videoroliklar joriy yilning  7-fevraldan 15-fevralga qadar @dtpi_mahalla_bot

telegram profili orqali qabul qilinadi.

Tanlov bo’yicha g’olib deb topilgan talabalar:

1-o‘rin  500 000

2-o‘rin  400 000

3-o‘rin 300 000

miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

batafsil ma’lumotlar  uchun : @davronboyev_zafar

Diqqat_muhim

Diqqat, diqqat!

🏛O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr -Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

🔰 Shu tadbirlar doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur tadbirga qatnashish uchun jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini joriy yilning 24-noyabr kuni soat 10-00 da Sh. Rashidov ko‘chasi 360-uyda joylashgan institut binosining faollar zaliga kelib qatnashishlari mumkin.

📞Murojaat uchun telefon: 97-076-06-07

fikringiz_muhim

▫️Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim❓

▫️Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima❓

📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so’rov otkazmoqda.

Talabalar, ularning ota-onalari,
OTM o’qituvchilari va barchangizni mazkur so’rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬Fikringizni shu yerda bildiring 👉 @UReportUzbBot

Natijalar jamoat eshituvlarida taqdim etiladi.

Язык