Devonxona mudiri

Devonxona mudiri

F.I.O Beknazarov Zuxriddin Urozivich

Qabul kunlari:  Payshanba-shanba  8:00 dan  17:00 gacha

Tel: +99899  596-28-20

Email: info_dtpi@edu.uz

             DTPI@exat.uz

Devonxona institutda  tezkor va  madaniy ish yuritishiga mas’ul bo‘lib,

 institut  rektori nomiga kelayotgan xatlarni va

 Jismoniy va yuridik shaxslarning rektor nomiga yozma,

 elektron murojaatlarini qabul qilib oladi,  xatlar va murojaatlarni to‘liqligicha ko‘rib chiqib,

 qayd etish jurnallariga kiritadi va “Job Flow Control” dasturiga

(Monitoring va ichki nazorat bo‘limi bilan kelishgan holda)

nazorat qilish uchun kiritadi hamda 1 b, 2b, 4 b, nazorat kartochkasini ochadi. Kelib tushgan xujjatni zudlik bilan rektorga yetkazib beradi, imzodan so‘ng ijrochilarga beradi va ijro nazoratini olib borish uchun xujjatning aslini Monitoring va ichki nazorat bo‘limiga o‘rnatilgan tartib asosida yetkazib beradi.

 Xujjatlarni ijrosi ta’minlangandan so‘ng yig‘majildlar nomenklaturasiga tikib boradi. Institut  nomidan chiquvchi korrespondensiyalarni to‘g‘ri yuritilganligini tekshirib,

qayd etib boradi va xatlarni aloqa markazi orqali (yoki elektron) manziliga yetib borishini tashkillashtiradi.

 Institut tuzilmasini xos qog‘ozlar bilan ta’minlaydi. Instiut  miqyosida ijro intizomining ahvoli to‘g‘risida har xafta  ishlab chiqarish majlisiga, har oyda Kengashga hisobot taqdim etadi.