Institutda ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar.

Institutda bugungi kunda 204 nafar asosiy shtatda  professor-o‘qituvchi bo‘lib, 50 nafari ilmiy daraja va unvonga ega. 6 nafar fan doktori va 45 nafar fan nomzodi, falsafa doktori (PhD)lari va dotsentlar faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy salohiyat 25%ni tashkil qiladi.

         2021-2022 o‘quv yilidan magistratura va 2022-yildan 17 ta ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilik ochildi. Hozirda 45 nafar tayanch doktorant, 40 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari 9 nafar tayanch doktorant Samarqand davlat universitetida 2-3 kurslarda maqsadli tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.

         2021-yilda 6 nafar falsafa doktori (PhD), 2022-yilda 11 nafar falsafa doktori himoya qildi hamda 4 nafar ilmiy unvonlar olindi. 2023-yilda 14 nafar falsafa doktori (PhD) va 1 nafar fan doktori (DSc) himoya qildi. 2024 yil favral oyida 4 nafar PhD himoyasi bo’lib o’tdi,  yil yakuniga qadar 20 nafar falsafa doktori (PhD) hamda 3 nafar DSc himoyalari, ilmiy salohiyat 30% ga yetkazish rejalashtirilgan.

         Institutda 2023-yilda 7 ta darslik va 50 ta o‘quv qo’llanma, 17 ta monografiya, 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, 4 ta patent, 50 dan ortiq mualiflik guvohnomalar, 14 ta scopus va web of science jurnallarida 200 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarida, 236 ta xorijiy ilmiy jurnal va konferensiyalarda, 400 dan ortiq OTM va respublika bo’yicha o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalar chop etildi.

Institutda 2023 yilda 3 ta respublika va 2 xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar yuqori savyada o’tkazildi.

Institutning “Tadbirkorlik va pedagogika” nomli ilmiy jurnali 2022-yil sentiyabr oyida OAK ro’yhatiga kiritildi. 2023 yil 3 ta soni chop etildi, 4 soni tayyorlanmoqda. Ilmiy jurnal inlibrary.uz xalqaro bazasida indekslanmoqda.

Institutda 2021-yil 1 nafar talabimiz Respublika onlayn fan olimpiadasida Ingliz tili fani bo`yicha 2-o`rinni qo`lga kiritdi.

2020/2021 o`quv yilida Navoiy nomli Davlat stipendiyasi 1 nafar qo`lga kiritgan bo`lsa, 2021/2022 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi 1 nafar, Nomli davlat stipendiyasi(Navoiy(1 ta) va Islom Karimov(1ta)) esa 2 nafar talabamiz g’oliblikni qo’lga kiritib vazirlik guvohnomasi bilan taqdirlandi. 2022/2023 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi 1 nafar, Nomli davlat stipendiyasi(Navoiy(3 ta) va Islom Karimov
(1 ta) esa 4 nafar talabamiz g’oliblikni qo’lga kiritib vazirlik guvohnomasi bilan taqdirlanishdi. 2023/2024 o`quv yilida
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi 1 nafar, Nomli davlat stipendiyasi(Navoiy(3 ta), Islom Karimov
(1 nafar), Ulug`bek(1 nafar), Bobur( 1 nafar) esa 7 nafar talabamiz g’oliblikni qo’lga kiritib vazirlik guvohnomasi bilan taqdirlanishadi. Undan tashqari “Viloyat Hokim stipendiyasi” ko’rik tanlovida 39 nafar talabalarimiz faol ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritishgan bo`lsa, “Mirzo Ulug’bek vorislari” ko’rik tanlovining 2022-yilgi Respublika bosqichida 1 nafar talabamiz faxrli 1 chi o’rinni qo’lga kiritdi va yana 1 ta talabamiz 2023-yilgi tanlovning respublika bosqichida juda faol qatnashib qaytdi va maxsus sertifikat hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Institutimizda tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovida hozirgi kungacha 56 nafar (2023-yil kuzgi mavsum tanlovidan tashqari) talabalarimiz g’oliblikni qo’lga kiritdilar va institut maxsus guvohnomasi bilan taqdirlanishdi.

2021-yilda “Yil talabasi-2021” respublika ko`rik tanlovida 1 nafar talaba faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritgan bo`sa, 2022-yilda “Yil talabasi-2022” respublika ko`rik tanlovida faxrli 4-o`rinni qo`lga kiritdi. 

Hozirgi vaqtgacha 200 dan ortiq talabalarimiz ilmiy-innovatsion kata-kichik loyihalar tanlovlarida g`oliblikni qo`lga kiritib qaytishdi.

Bundan tashqari institutda professor-oqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarga sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy biznes inkubatsiya markazi va ilmiy tadqiqotchilar uchun IT markazi tashkil etildi.

Язык