“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri

“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri i.f.n., dots. Turaboyeva Kimyoxon Urazbekovna

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi joriy yil 17-apreldagi PQ-4681-son qarori asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalari ichida eng yosh ta’lim maskanidir. Institutning ochilishidam maqsad, institut o‘z faoliyati davomida 3 mingdan ortiq malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali xalq xo‘jaligini etuk kadrlar bilan ta’minlash hamda ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Institutda dastlab, 3 ta fakultet va 6 ta kafedradan iborat edi. Bugungi kunda institutda 9 ta kafedra tashkil etilgan bo’lib, ushbu kafedralardan biri “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasidir. Kafedra institut rektorining 2020 yil 2-noyabr 39-PO’ buyrug’i bilan tashkil etildi.

 

Kafedra tarkibi.

 

Kafedraning shtat birligi 6.25 tashkil etadi

 

  1. Turaboyeva Kimyoxon Urazbekovna – kafedra mudiri, i.f.n., dotsent
  2. Xudoynazarov Sherzod Ismoilovich – o’qituvchi
  3. Qarshiyev Jasur Jurayevich – o’qituvchi
  4. Borotov Sharofiddin Jumaqulovich – o’qituvchi
  5. Lokayev Bekzod Sherqobilovich – o’qituvchi
  6. Isayev Otabek Juraboyevich – o’qituvchi
  7. Qurbonov Akbar Yusufovich – o’qituvchi
  8. Meyliyeva Nargiza Eshboyevna – o’qituvchi
  9. Ergashev Rahmatillo Xidirovich – kafedra professori i.f.d.
  10. Berdiyev Anvar Abdurahmonovich – doktorant

 

Kafedra yo’nalishlari.

 

  1. 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  2. 5230900 – Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)

 

Kafedrada o’tiladigan fanlar:

 

  1. Iqtisodiyot nazariyasi
  2. Elektron tijorat
  3. Bank ishi
  4. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
  5. Makroiqtisodiyot
  6. Mikroiqtisodiyot
  7. Biznesni boshqarish
  8. Kasbiy psixologiya
  9. Mutaxassislikka kirish

 

Kafedraning ilmiy yo’nalishi:

 

Raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirish

 

Innovatsion ishlanmalar va loyihalar

 

  1. Iqtisodchi va buxgalterlarni qayta tayyorlaydigan intensive malaka oshirish kursini tashkil etish. Loyiha qiymati 300 mln
  2. Sun’iy intellekt va blokchain texnologiyalarni amalga kiritish va ularning dasturiy ta’minotlarini yaratish

 

 

Kafedraning xamkorlik ishlari.

 

Kafedraning professor-o’qituvchilari Surxondaryo viloyatining shimoliy hududida joylashgan (6 ta tuman: Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun) umumta’lim maktablari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalarini amalga oshirgan.

Surxondaryo viloyatining tuman maktablari bilan o’zaro hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan.