Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri: Nuraliyev Ilyos Ismoilovich

Qabul vaqti: 8:00 dan – 16:00 gacha

Telefon raqami: +998 94 511 43 34

E-pochta: ilyostersu@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 17 apreldagi PQ–4681-son qaroriga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi 2020 yil sentabr oyida tashkil etilgan bo`lib, Termiz davlat universiteti Denov filialining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi nomi bilan 2019 yil mart oyidan boshlab Respublikamiz uchun o’qituvchilik sohasi mutaxassislarini tayyorlagan. 2020-yil aprel oyidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi, 2020-yil sentabr oyidan boshlab “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi sifatida respublikamizga yosh va intiluvchan malakali bakalavr tayyorlash yo`lida izlanish olib bormoqda. 2020 yil sentabr oyidan boshlab kafedraga Nuraliyev Ilyos Ismoilovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada 28 shtat birligi bo’lib, 1 nafar fan doktori, 26 nafar i.d.e bo`lmagan o`qituvchi, 9 nafar assistant jami 36 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedraning ilmiy salohyati 2020-2021 yilda – 3% tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari mutaxassislik va nomutaxassislik yo`nalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalarga «Xorijiy til (ingliz tili)», «Ikkinchi chet tili (nemis, xitoy, italyan, koreys)», «O`qish va yozish amaliyoti», «Til aspektlari amaliyoti», «Til ko`nikmalari integratsiyasi», «Mustaqil ta’lim ko`nikmalari», «Tilshunoslik», «Ilmiy ish asoslari», «Chet tilini o’qitishning integrallashgan kursi», «Tili o`rganilayotgan mamalakatlar adabiyoti», «O`rganilayotgan til nazariy aspektlari», «Til o`qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari», «Xorijiy tilni o`qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish», «T.f. Kommunikativ-normativ fonetika», «T.f. Chet tilini o`rganishda AKT», «T.f. Intrоduction to Literature», «T.f. Jahon adabiyoti», «T.f. Xorijiy tilni o`rganishda internet asoslari» kabi fanlardan bilim va malaka ko`nikmalarini berib kelishmoqda.

2020-2021 o`quv yilida kafedrada “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” talim yo`nalishi mutaxassisligi bo`yich bitta uchinchi bosqich, ikkita ikkinchi bosqich, beshta birinchi bosqich bakalavriat talabalari tehsil olishmoqda.