Oliy matematika kafedrasi

KAFEDRA MUDIRI

(PhD), dotsent Sobirova Mavjuda Ruziyevna

Ish vaqti:   900 – 1800

Telefon: (+998- 90) –174 –23-44

E-mail: mavjuda_sobirova @mail.ru

             KAFEDRA TARIXI

2018 yil Termiz davlat universitetining

Denov filialida tashkil etilgan.

   Prezidentimizning 2020 yil 17 apreldagi 4681-sonli qarori bilan Denov tumanida  Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi va kafedra Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi deb nomlandi. 2021 yilda tabiiy fanlar kafedra tarkibidan ajralib chiqqanligi sababli kafedra yana Oliy matematika deya nom oldi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan hozirgi kunda  bakalavriatda 11 ta fandan dars  mashg’ulotlari olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituv-chilari tomonidan ushbu fanlardan  o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, o’quv va ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan.

  “Har qanday buyuk rejalar, buyuk gʻoyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻlansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketadi” – Shavkat Mirziyoyev.

   Kafedra professor -o’qituvchilari talaba yoshlarning yuksak ma’naviyat axloqiy fazilatlari, ona vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat  tuyg’u sini shakllantirish, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini  mazmunli o’tkazishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, san’at, musiqa, teatr va rassomchilik sohasida tanlovlar, sport musobaqalari, kitobxonlik kechalarini tashkil etib kelmoqdalar.