XALQARO ALOQALAR

𝐇𝐚𝐦𝐤𝐨𝐫𝐥𝐢𝐤 𝐤𝐞𝐥𝐢𝐬𝐡𝐮𝐯𝐢 𝐧𝐚𝐭𝐢𝐣𝐚𝐬𝐢 DTPI rektori, filologiya fanlari doktori, professor G‘. X. Raximov rahbarligidagi institutimiz vakillari Tojikiston Respublikasi Rossiya-tojik (slavyan) universitetida bo‘lishdi. Oliy dargoh rahbarlari bilan muzokaralar olib borishdi. Universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. OAV lari uchun suhbat uyushtirildi.

Денов тадбиркорлик ва педагогика институтига ташриф буюрган Россия-тожик (славян) университети профессорлари билан институтимиз ректори Ғ. Х. Рахимовнинг расмий учрашуви бўлиб ўтди. Ғ. Х. Рахимов учрашув Россия –тожик (славян) университети ҳамда ДТПИ ўртасида имзоланган ўзаро ҳамкорлик меморандуми доирасида ўтказилаётганлигини таъкидлаб, томонлар ўзаро манфаатдорлик, илм, фан, маданият соҳасидаги ҳамкорлик истиқболлари ҳақида атрофлича келишиб олдилар. Меморандум асосида амалга ошириладиган ишларнинг аниқ механизмлари “Йўл харитаси” ишлаб чиқилганлиги қайд этилди. Илмий соҳадаги ҳамкорлик, талабалар ва ўқитувчилар алмашинуви, малака ошириш, стажировка, қўшма маданий тадбирлар ташкил қилиш каби масалалар учрашувдаги асосий масалаларга айланди. Россия-тожик (славян) университети профессорлари Т. В. Гусейнова ва Р. Д. Салимовларга институт ректорининг эсдалик ва рамзий совғалари топширилди.

𝐒𝐡𝐚𝐫𝐭𝐧𝐨𝐦𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐦𝐳𝐨𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐢𝐠𝐚 𝐛𝐚𝐠‘𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐧𝐭𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢 𝐦𝐚𝐫𝐨𝐬𝐢𝐦. Tojikiston Respublikasi Rossiya-tojik (slavyan) universiteti halqaro aloqalar bo‘yicha prorektori B. K. Nusratulloev va akademik M. S. Osimi nomli Tojikiston texnika universiteti halqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sh. S. Sa’dullozoda rahbarligidagi bir guruh oliy ta’lim muassasalari vakillari Denov TPI ga tashrif buyurishdilar.

Konferensiya o‘z ishini sho`balarda davom ettirdi. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajriba va innovatsiya» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini shu’balarda davom ettirdi. TEAM universiteti professori, Hindistonlik Praviin Malla va Angliyalik Alan Buckinghemlar institutimiz o‘qituvchilari va talabalariga Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni, Tadbirkorlikda raqamli axborot texnologiyalaridan foydalanishning ustivor yo‘nalishlari, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimi kabi mavzularda mahorat darslarini o‘tib berishdi.

𝐌𝐚𝐯𝐣𝐮𝐝 𝐢𝐦𝐤𝐨𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐝𝐚 𝐠𝐚𝐩𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡𝐝𝐢 Tojikiston Respublikasi Rossiya-tojik (slavyan) universiteti, akademik M. S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari Denov tumanidagi 4-umumiy o‘rta-ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdilar.

𝐃𝐞𝐥𝐞𝐠𝐚𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚𝐦𝐢𝐳 𝐓𝐨𝐣𝐢𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐦𝐢𝐥𝐥𝐢𝐲 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭𝐢𝐝𝐚 DTPI rektori G'. X. Raximov rahbarligidagi institutimiz delegatsiyasining Tojikiston Respublikasi OTMlariga tashrifi davom etmoqda. Kecha Institutimiz delegatsiyasini o‘z o‘rniga ega bo`lgan Tojikiston milliy universitetida ham iliq kutib olishdi.