Bo’lim   boshlig`i: Ergashev Abduraxmat Choriyevich

Qabul   kunlari: Chorshanba-Juma  (14:00-17:00)

Telefon: (99) 377-05-45

E-mail:

Xodimlar bo`limi haqida. Bo’lim professor-o‘qituvchilar,o‘quv-yordamchi, muhandis-texnik va xo‘jalik xodimlari tarkibini institut rahbariyati bilan birgalikda  tanlash, mehnat daftarchalarini  yurgizishni O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat Kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish, shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda buyruq loyihasini  tayyorlash Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini nazoratini tashkil etishda xodimlar bo‘limining hissasi kattadir. Xodimlar bo‘limi inistitutning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysinadi vabo’lim   boshlig`i tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, institutning ichki tartib qoidalari va  nizomiga  asoslangan holda ish yuritadi.

Xodimlar bo’limining   asosiy    vazifalari:

  • Institut xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini olib borish;
  • Xodimlarni ishga qabul qilinishi, bo‘shashi va boshqa ishga o‘tkazilishi haqidagi buyruq loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;
  • Xodimlarning mehnat daftarchalarini to‘ldirish, hisobga olish, saqlash va ularga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish;
  • Institut xodimlarining mehnat ta’tili jadvallari hisobini mehnat qonunchiligi asosida tuzish;
  • Xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma’lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;
  • Statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;
  • Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish yurituv hujjatlarini yuritish;
  • Belgilangan formalar bo‘yicha statistik hisobotlarni tayyorlash;
  • Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda taqdim etish;

      Xodimlar bo‘limi xodimlarining tarkibi

Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 4 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

  • Bo‘lim boshlig‘i:  Ergashev Abduraxmat Choriyevich
  •  1- toifali muhandis:  Baratov Javohir Muhiddinovich
  • 2- toifali muhandis:  Muhammadiyev Otabek Xurramovich
  • Inspektor : Jumayev O`ralbek Olimjon o`g`li