Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Buyurtmalar portfelini shaklantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i: Ishmanov Eldor Xasanovich
Qabul kunlari: Dushanba-juma (14:00-17:00)
Telefon: (99) 670-87-00
email _____________
Buyurtmalar portfelini shaklantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi haqida
Ta’lim xizmatlari bozorida universitetning faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini istemolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.
Buyurtmalar portfelini shaklantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi maqsadi va vazifalari

  • Bo‘limning ishining tashkil qilish, muvofiqlashtirish hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
  • Bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
  • O‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohadagi hamda universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
  • Ta’lim xizmatlar bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib ta’lim xizmatlariga qo‘yilgan ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoroatini o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar talablariga muvofiqligini aniqlash:
  • Joriy yil bitiruvchilari xaqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakillari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan xolda) ma’lumotlar bankini yaratish;
  • Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari) ni hisobga olgan xolda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfeli”ni shakillantiish.

Buyurtmalar portfelini shaklantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi xodimlarining tarkibi
Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 2 nafardan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi.

  1. Bo‘lim boshlig‘i: Ishmanov Eldor Xasanovich
  2. 1-toifali iqtisodchi: Jo‘raqulov Sherqo‘zi Qurbonazarovich
  3. Marketing bo‘limi yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha muxandis:
    Eshniyozov Islom Ismatullaevich